K. B. Urazov, S. V. Vaxidov boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xu su si yatl ari
Bir vaqtning о ‘zida sarflangan kapital investitsiyalarni kirim qilingan ishchi va mahsuldor hayvonlarning boshlang ‘ich qiymatiga kiritilishiga
Download 6.22 Mb.
|
boshqa tarmoqda bux.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalarga askirish hisoblashning xususiyatlari va hisobi
Bir vaqtning о ‘zida sarflangan kapital investitsiyalarni kirim qilingan ishchi va mahsuldor hayvonlarning boshlang ‘ich qiymatiga kiritilishiga:
Debet 0170 «Ishchi hayvonlari»; Kredit 0840 «Asosiy podani shakllantirish». Asosiy podani shakllantirishga qilingan kapital sarflaming tahliliy hisobini turli maqsadlarda turlicha yuritish maqsadga muvofiq. Chunonchi, bunday tahliliy hisob qilingan xaraj atlami ishchi va mahsuldor hayvonlarning turlari bo‘yicha (yirik shohli hayvonlar, cho‘chqalar, qo‘ylar, otlar va boshqalar) axborotlami olish imkonini berishi kerak. Ta’kidlashjoizki, qishloq xo‘jaligi korxonalarining ayrim hayvonlami sotib olishga sarflagan mablag‘lari asosiy podani shakllantirish xarajatlari sifatida tan olinmaydi. Chunonchi, parrandalar, quyonlar, qimmatbaho mo‘ynali hayvonlar, asalarilar, qo‘riqchi itlar va boshqa shu kabi hayvonlar, ulamingqiymatidanqat’i nazar, asosiy podatarkibidahisobga olinmaydi. Ular joriy aktivlar tarkibiga kiritiladi va mos ravishda 1100 «0‘stirishda va boquvda mollar» schotida hisobga olinadi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalarga askirish hisoblashning xususiyatlari va hisobi Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalar, boshqa tarmoq korxonalari singari, amortizatsiyalanadigan va amortizatsiyalanmaydigan asosiy vositalarga bo‘linadi. Respublikamizda qabul qilingan 5-son BHMS «Asosiy vositalao>ga muvofiq qishloq xo‘jaligi korxonalarida amortizatsiya hisoblanmaydigan asosiy vositalarga quyidagilar kiritiladi: mulk sifatida sotib olingan yer uchastkalari; mahsuldor hayvonlar; qiymatidan qat’i nazar o‘stirishdagi va boquvdagi mollar gumhiga kiritiladigan mollar (parrandalar, quyonlar, asalarilar, qimmatbaho mo‘ynali hayvonlar, qo‘riqchi itlar vaboshqa shu kabi hayvonlar); to‘liq amortizatsiyalangan asosiy vositalar; belgilangan tartiblarga ko‘ra konservatsiya qilingan asosiy vositalar; kutubxona fondi; muzey eksponatlari va boshqalar. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining boshqa asosiy vositalari umumbelgilangan tartibda, shuningdek hisob siyosatida ko‘rsatilgan tartiblarga ko‘ra amortizatsiyalanadi. Chunonchi, qishloq xo‘jaligi korxonalarida yillik amortizatsiyabino vainshootlar bo‘yicha yillik 5 foiz, qishloq xo‘jaliktexnikasi va asbob-uskunalari, ofis mebeli vaj ihozlari, yuk tashish mashinalari, avtobuslar bo‘yicha 15 foiz, kompyutyer texnikasi, yengil avtomobillar vayo‘llarda ishlatiladigan avtotraktor texnikasi bo‘yicha 20 foiz, suv chiqarish nasoslari, elektrdvigatellar, generatorlar, truboprovodlar bo‘yicha 8 foiz miqdorida hisoblanadi. Demak, qishloq xo‘jaligi korxonalarida ushbu asosiy vositalari bo‘yicha eskirishni hisoblash me’yorlari va tartibi barcha boshqa tarmoqlar uchun belgilangan tartibgato‘liqo‘xshaydi. Biroq, ishehi hayvonlar, ko‘pyillik o‘simliklar kabi asosiy vositalar bo‘yicha eskirishni hisoblash masalasida turli munozalar tug‘diradigan, shuningdek o‘zigaxos yondashishlami talab qiladigpn asosiy vositalar hisoblanadi. Respublikamiz Soliq kodeksiga muvofiq ishehi hayvonlar va ko‘p yillik o‘simliklar yiliga 10 foiz me‘yorida amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalar guruhiga kiradi. Lekin, ushbu asosiy vositalaming foydali xizmat muddatini aynan o‘n yil qilib belgilash juda ham nisbiydir. Odatda, ishehi hayvonlar o‘n yil ham xizmat qilmasliklari yoki undan bir necha bor ko‘p muddatda xizmat qilishlari mumkin. Ko‘p yillik o‘simliklaming qariyb yarim asr, hattoki bir asrgacha hosil beradigan turlarining borligi ham sir emas. Shu bois ham ishehi hayvonlar va ko‘p yillik o‘simliklar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash bo‘yicha belgilangan muddatlami eng kam xizmat muddati sifatida e‘tirof etilishi maqsadga muvofiqdir. Chorva mollarini, odatda, bir vaqtning o‘zida ham ishehi hayvonlar ham mahsuldor hayvonlar hisoblanadi. Masalan, otyoki tuyani yuk tashish bo‘yicha ishehi hayvon, nasi yoki mahsulot (go‘sht, sut) berishigako‘ra mahsuldor hayvon, deb atash mumkin. Shu bois ham, qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishehi hayvonlar bo‘yicha amortizatsiya hisobini to‘g‘ri yuritishning muhim shartlaridan biri bo‘lib ushbu guruhga kiruvchi hayvonlaming tarkibi va ro‘yxatini aniq belgilash hisoblanadi. Ko‘p yillik o‘simliklar ham ekilganligidan hosil bennaydi. Ular, odatda, 23 yildaii keyin hosilga kiradi. Shu bois ham, ushbu asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiyaui ulami parvarishlash boshlangandan keyin qaysi muddatdan boshlab hisoblanish vaqtini aniq belgilash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida, boshqa tarmoqlardan farqli o‘laroq, ko‘pchilik asosiy vositalar, ayniqsa traktorlar, pritseplar, suv quvurlari va nasoslari, generatorlar, yuk tashish mashinalari, ishchi hayvonlar hisobot davri davomidaham chorvachilik, ham dehqonchilik sohalarigaxizmat ko‘rsatishi mumkin. Traktorlar, pritseplar va yuk tashish transportlari ishlab chiqarish sohalaridan tashqari yyetishtirilgan mahsulotlarni xaridorlarga yuklab jo‘natish va sotishga ham xizmatlami ko‘rsatadilar. Bu xususiyat buxgalteriya hisobida asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summalarini mos ravishdagi sohalar, bu sohalardayetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xarajatlari hamda sotishga doirxarajatlar o‘rtasida taqsimlab chiqish zaruriyatini tug‘diradi. Asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summalarini taqsimlash va ular hisobini tegishli schotlarga olib borish quyidagi ketma-ketlikda amalgaoshiriladi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling