Birinchidan, qishloq xo‘jaligi korxonasining u yoki bu sohasiga bevosita aloqador asosiy vositalarga hisoblangan amortizatsiya summasi mos ravishdagi «Dehqonchilik» va «Chorvachilik» schotlariga olib boriladi. Bunda ushbu soha xarajatlariga olib borilgan eskirish summasini ifodalovchi summaga asosiy vositalaming mos ravishdagi guruhlari bo‘yicha eskirishi hisobiga mo‘ljallangan schotlar (0210-0290) kreditlanadi.
Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi korxonasining har ikkala ishlab chiqarish sohasiga hamda sotish jarayoniga xizmat qiluvchi asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi dastlab 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schotida to‘planadi. Shundan so‘ng, hisob siyosatida ko‘rsatilgan tartib-qoidalarga, masalan asosiy vositalami alohida olingan sohalarga ko‘rsatgan xizmatlariga ketgan vaqtiga ko‘ra jami hisoblangan eskirish summasi mos ravishda «Dehqonchilik», «Chorvachilik», «Davr xarajatlari» schotlariga olib boriladi.
Uchinchidan, qishloq xo‘jaligi korxonalarining har bir sohasi bo‘yicha «Dehqonchilik» va «Chorvachilik» schotlariga olib borilgan amortizatsiya
summalari ularda yetishtirilgan mahsulotlaming turlari o‘rtasidatannarxni kalkulyatsiyaqilishgaasos qilib olingqn tartib-qoidalargako‘rataqsimlab chiqiladi. Masalan, «Dehqonchilik» xarajatlariga olib borilgan amortizatsiya xarajatlari paxta, boshoqli don, poliz ekinlari va boshqa shu kabi mahsulotlar o‘rtasida bo‘lib chiqiladi. Xuddi shunday tartibdachorvachilik sohasigato‘g‘ri keluvchi amortizatsiya xarajatlari bu sohada yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, masalan, go‘sht, sut, tuxumjun vashukabilaro‘rtasidataqsimlanadi.
Umumishlab chiqarish xarajatlariga kiritilgan amortizatsiya ajratmalari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari»;
Kredit 0200 «Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvcni schotlar».
Hisoblangan va umumxo‘jalik xarajatlariga kiritilgan amortizatsiya xarajatlarining mos ravishda tegishli ishlab chiqarish va sotish jarayonlari xarajatlariga taqsimot asosida kiritilishiga quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |