K. hoshimov kuni uzaytirilgan guruhlarda ta
Axloqiy-mafkuraviy tarbiya
Download 115.68 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinfdan tashqari o‘qish.
- MUSIQA MASHG‘ULOTLARI
- Qoidalar bilan tanishish mashg‘ulotlari.
Axloqiy-mafkuraviy tarbiya. Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va m aktab-internatlarda o ‘quvchilar bilan g‘oyaviy-mafkuraviy, madaniy-ommaviy ishlami amalga oshirish imkoniyati nihoyatda kengdir. Axloqiy-mafkuraviy tarbiya — bu jamiyatimiz yosh fuqarola- rida barqaror m a’naviy-axloqiy ongni tarbiyalash yuzasidan doimo, har kuni sobitqadamlik bilan muttasil olib boriladigan ishdir. Bu aw alo, bolalarni yangicha siyosiy fikrlash ruhida tarbiyalash, baynalminallilik, birdamlik, Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, jamoatchilik his-tuyg‘ularini tarbiyalashdir. Bolalarni allomalar hayoti va faoliyati misolida tarbiyalash bugungi maktabning ezgu (yaxshi) an’anasi bo‘lib qolmoqda. Ajdodlami o‘rganish xalqimiz tarixini o‘rganish demakdir. Bu sohada ish shakllari g‘oyat xilma-xil bo‘lishi mumkin, bular o ‘qilgan kitob yuzasidan, ko‘rilgan film, surat bo‘yicha suhbatlar, m a’ruza tarzidagi axborot, teatrga tashrif, keyin spektaklni muhokama qilish va shu kabilardir. Dastur bo‘yicha yuqori sinflarda « 0 ‘zbekiston — mening Vatanim» bo‘limi bor. 1-sinf uchun « 0 ‘zbekiston — Vatanim», 2-sinf uchun «Men Vatanga xizmat qilishni xohlayman», 3-sinf uchun «Vatan bayrog‘i», 4-sinf uchun «Kengashlar — xalq hoki- miyati», «Bizning kelajagimiz, o ‘z qo‘limizda» kabi materiallar asosida yoshlarga axloqiy va baynalmilal tarbiyasi berish mumkin. Kuni uzaytirilgan maktab va m aktab-internatning I— IV sinflarida Konstitutsiya haqida 3—4 suhbat o‘tkazish lozim. Bosh- lang‘ich sinflarda Konstitutsiya hayotimizning Asosiy Qonuni, 0 ‘zbekiston xalqlaming do‘stligidan tashkil topgan yagona katta oila ekanligi tushuntiriladi. Shuningdek, tarbiyachi suhbat o ‘tkazar ekan, albatta, bolalarni har gal hayotiy voqelikning konkret faktlari bilan tanishtiradi, o‘quvchilaming Vatan haqidagi 44 bilimlarini boyitadi va chuqurlashtiradi. Bunda tarbiyachi gazeta va jumallar, kitoblar, radio, televideniye, diafilmlardan foydala- nishi mumkin. 0 ‘quvchilami siyosiy jihatdan tarbiyalashda ijtimoiy-foydali va jamoa mehnat ko‘nikmalarini tarbiyalash katta o‘rin tutadi. Shu maqsadda I sinfda «Ota-onalar qanday mehnat qilishadi?», «Ziyolilar, olimlar kashfiyotlar yaratmoqdalar», «Barcha respub- likalar bolalari — juda ahil bolalar», «Men 0 ‘zbekistonda yashayman va o‘z oMkamni sevaman», II sinfda «Kim mohir?», I ll sinfda «Hamma kasb ham yaxshi, yoqqanini tanlab ol», IV sinfda «Xalq uchun ishla, o‘qi va yasha!», « 0 ‘zbekiston — me- ning Vatanim», «Paxta — Respublikam faxri» mavzularida suh batlar o‘tkazish maqsadga muvofiq. Siyosiy tarbiyada harbiy vatanparvarlik mavzusi ham muhim o‘rin tutadi. Bolalarni Vatan va Mustaqillik uchun qahramon- larcha halok b o ‘lgan, jah o n urushi qatnashchilari haqidagi hikoyalar, ulami botir, mard bo‘lishga, fuqarolik burchlarini ado etishda o‘mak ко‘rsatishga undaydi, vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalaydi. Maktabda butun o‘quv yili davomida mamlakat va umumxalq an’anaviy bayramlari yoki fan, adabiyot va san’at arboblari nomi bilan bog‘liq yubileylar munosabati bilan turli kechalar, suhbatlar o‘tkazish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu muhim tadbirlami tarbiyachi o‘z rejasida aks ettirishi va ayni chog‘da tarbiyaviy ta’siri haqida jiddiy o‘ylashi lozim. Tarbiyaviy ishlar rejasida qayd etilgan har bir mavzu bo‘yi- cha suhbatni boshlashdan oldin tarbiyachi hafta ichida mamlaka- timiz va xorijda bo‘lib o ‘tgan siyosiy voqealar haqida 7—10 daqiqalik suhbat o ‘tkazadi. Suhbatlami ishlab chiqarish ilg‘orlari, urush va mehnat faxriylari ishtirokida o‘tkazish maqsadga mu- vofiqdir. Vatan to ‘g‘risida, xalqlar do‘stligi haqida kitoblar o ‘qib be rish, diafilm va kinofilmlar ko‘rsatish tarbiyachiga Vatan haqidagi mavzuni to ‘laroq ochib berishga qo‘l keladi. Maktabda vatanpar varlik his-tuyg‘ularini tarbiyalash alifbening deyarli birinchi sahifasidan boshlab, bitirish imtihonlarigacha davom etadi. Dasturga din haqidagi mavzu ham kiritilgan. Shu narsani yodda tutish kerakki, din yoshlami axloqiy jihatdan tarbiyalash da katta naf keltirishi mumkin. Tarbiyachi bu masalaga dindor ota-onalaming his-tuyg‘ularini hurmat qilgan holda, odob bilan 45 yondashishi lozim. Dasturda har bir sinf uchun din bo‘yicha mavzu berilgan. Mohirlik bilan tashkil qilingan suhbat dinga to ‘g‘ri munosabatda bo‘lgan holda yaxshi natijalar beradi: 1 -sinf uchun «Biz nima uchun tush ko‘ramiz?», «Momaqaldiroq, do‘l, qor, yomg‘ir nimadan bo‘ladi?» mavzulari; 2-sinf uchun «Nima uchun kun va tun bo‘ladi?», «Tabiatda suv qayerdan keladi?» mavzulari; 3-sinf uchun «Tabiat ofatlari nimadan kelib chiqadi?» mavzusi; 4-sinf uchun «Quyosh va Oy tutilishlari qanday hosil bo‘ladi?» mavzusi kabilar. Inson huquqlari, ekologik m adaniyatni tarbiyalash, etika (odob) to ‘g‘risidagi va qahramonlik haqidagi mavzular ham axlo qiy-mafkuraviy tarbiyalash bo‘limiga kiritilishi mumkin. To‘g‘ri tashkil etilgan siyosiy axborot, suhbatlar o ‘quvchilar- ning bilim doiralarini kengaytiradi, m a’naviy-axloqiy tushuncha- ning, dunyoqarashning muvaffaqiyatli shakllanishiga garov bo‘ladi. Sinfdan tashqari o‘qish. Bolalarda sinfdan tashqari o‘qishga, kitobga muhabbat uyg‘otish va o‘qishning maqsadga qaratilishi ular tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi. Bunda bolalar yangi kitoblar, ularning mualliflari, mualliflar hayoti va ijodi bilan tanishadilar, estetik zavq oladilar. Bu, albatta, kitobning qaysi yoshdagi bolalarga m o’ljallanganligi bilan bog‘liq. Shunday ekan, sinfdan tashqari o ‘qish ishlarini rejalashtirganda bolalarning yosh xususiyatlarini nazarda tutish lozim. Bunda «Oriyentir» dasturi qo‘l keladi. Sinfdan tashqari o ‘qish kitobga m uhabbatni tarbiyalaydi, fikrlashni rivojlantiradi, voqealarni tahlil qilishni o‘rgatadi. Bolalar yangi kitobni o‘qib, uning mazmuni bilangina emas, balki muallifi bilan, muallifning u yoki bu voqeaga nisbatan nuqtayi nazari bilan ham tanishadilar. Shu tariqa muallif bilan o‘ziga xos «Muloqot» vujudga keladi. 1-sinfning birinchi yarim yilligida bolalar sinfdan tashqari o ‘qishga tayyorlanadi. Bu davrda asosiy ishni tarbiyachi olib boradi. Chunki, bolalar hali alifbe davrini o ‘tayotgan bo‘ladi. Ularda sinfdan tashqari o ‘qish soddaroq ertaklarni o ‘qishdan boshlanadi. Kitobni o ‘qishdan oldin tarbiyachi uni birma-bir varaqlab, hamma rasmlarini ko‘rsatadi. Bolalarda shu kitobga qiziqish uyg‘otish uchun asarning bir parchasini ularga o ‘qib berish va o‘qishni eng qiziqarli joyda to'xtatib, qolgan qismini bolalarning o ‘zlariga havola qiladi. Bolalar asar m azm unini rasmlar orqali so'zlab berishi mumkin. 46 Ikkinchi yarim yillikdan boshlab hikoya, ertak, rasm ishlan- gan she’rlami o‘qishni bolalaming o‘zlariga havola qilish mumkin. Sinfdan tashqari o‘qish ishini shunday olib borish kerakki, bunda bolalar o‘qilgan asarlar ustida fikr yurita olsinlar hamda yaxshilik va yomonlik haqida o‘zlari xulosa chiqarsinlar. Bundan tashqari tarbiyachi bolalaming o‘qigan kitoblari haqida individual suhbatlar o‘tkazadilar. Kuni uzaytirilgan sinf, guruhlar va m aktab-internatlarda bolalar individual kitobxonligini yo‘lga qo‘ymoq lozim. Shu maqsadda kuni uzaytirilgan ba’zi maktablar, sinflar va guruhlarda o‘qish uchun kitoblar ro‘yxati tuziladi va maktabning ko‘rinarli yeriga osib qo'yiladi. Jamoa kitobxonlik vaqtida tarbiyachi yangi chiqqan va navbatda o‘qilishi lozim bo‘lgan kitoblar ko‘rgazmasini tashkil qiladi. 2-sinfda o‘quvchilar yangi-yangi kitoblar bilan tanishadilar. Muallifni, kitob nomini uning qisqacha mazmunini eslab qola- dilar. Kitoblami bolalar mustaqil ravishda o‘qiy oladilar. 3-sinfda badiiy asarlardan tashqari ilm iy-om m abop asarlardan ham foydalaniladi. Bu sinfda o‘quvchilar mashhur chet el bolalar yozuvchilari hayoti va ijodi bilan ham tanishadilar. Yozib borish uchun daftarlar, kundaliklar tutib, ularga muallifning familiyasi, ismi va otasining ismini, kitobning nomini, bosh qahramonlami, o‘qilgan narsalar haqida o‘z fikrlarini yozib boradilar. 4-sinfda bolalar kitob qahramonlarining xatti-harakatlarini baholashlari, matn mazmunidan dalillar keltirishlari va o‘qilgan kitob yuzasidan o‘z fikrlarini yoza olishlari kerak. Kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruh, m aktab-intem at tarbiyachilari bolalaming o ‘qigan kitoblari haqida individual suhbatlar o‘tkazadilar. Bolalaming kitobga bo‘lgan qiziqishining ortishi maktab va maktab-intemat kutubxonalarining kitob fond- lariga ham bog‘liqdir. Maktab dasturi bo‘yicha o‘rganish uchun zarur bo‘lgan kitob- laming majburiy ro‘yxatidan tashqari bolalar uchun yozadigan boshqa mualliflaming kitoblarini ham tavsiya etish mumkin. Kitobni o‘qib chiqqandan keyin mavzuviy ertalik, adabiy viktorina o‘tkazish foydalidir. Hamma bolalami kutubxonaga a’zo bo‘lish- lariga erishish kerak. Tarbiyachi bolalaming o‘qishini nazorat qilishi, tizimga sohshi va yo‘naltirib turishi lozim. 0 ‘quvchilaming kundaligi yoki yozuv daflari bo‘lishi shart, ular bunga o‘qigan 47 kitob yoki uning parchasi haqidagi o ‘z taassurotlarini yozib qo‘yishlari yoki katta rasm (surat) tariqasida chizishlari ham mumkin. Kuni uzaytirilgan guruhlarda o‘lkashunoslik materiallaridan keng foydalanish lozim. Bolalar Q. Hikmat, Q. Muhammadiy, A. Obidjon, T. Adashboyev she’rlarida yorqin tasvirlangan jonajon o ‘lka tabiati bilan albatta tanishishlari kerak. Tarbiyachi o ‘quvchilarga 0 ‘zbekiston tarixi to ‘g‘risida, bu yerdagi oddiy odamlar mustaqillikkacha va mustaqillikka erishgandan keyin qanday yashayotganliklari haqida gapirib berishi, o‘tgan kunlami bugungi kun bilan-taqqoslashi kerak. Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda dasturga muvofiq sinfdan tashqari o‘qish uchun 32 soat, ya’ni haftasiga 1 soat ajratilgan. Tarbiyachi sinfdan tashqari o ‘qish uchun ajratilgan kunlar- dan foydalanib, umumiy o‘qish madaniyatini ko‘tarishga yordam berishi va bolalaming mualliflar to ‘g‘risidagi tasawurlarini chu- qurlashtirishi mumkin. Bunday mashg‘ulotlar bolalarda o‘qish- ga b o ‘lgan talab-ehtiyojni uyg‘otishi, o ‘qilgan m atnni idrok qilishga, fikr yuritishga, o‘qiyotgan asar ichiga chuqurroq kirib borishiga undashi lozim. 0 ‘qilgan kitoblar b o ‘yicha gapirib berishni keng yo‘lga qo‘yish zarur, chunki bu ham bolalarni o‘qishga qiziqishini uyg‘otadi. Xullas, kitob o‘qishni tizimli ravishda uyushtirishi va o ‘qilgan kitoblar m uhokam a qilinib borishi o ‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini orttiradi. MUSIQA MASHG‘ULOTLARI Kuni uzaytirilgan gum hlarda musiqa mashg‘ulotlari katta ahamiyatga ega, chunki bunda o‘quvchilar didi har tomonlama shakllanadi, u larning b arch a xususiyatlari shu jaray o n d a o ‘rganiladi. Bolalar bilan yanada yaqinroq tanishish, ularning yutuq va kamchiliklarini aniqlash va nuqsonlarini o ‘z vaqtida bartaraf etishda bu mashg‘ulot muhim ahamiyat kasb etadi. Darsdan tashqari o‘tkaziladigan musiqa mashg‘ulotlari rejasi musiqa darsi dasturi asosida tuziladi. Darsdan tashqari musiqa mashg‘ulotining asosiy yo‘llanmasi mavzular rejasi va darslar dasturiga tayanadi. Sinfdan tashqari m ashg‘u lotlarda, bir tom ondan, musiqa darsida olgan bilimlari yanada kengayadi, 48 ikkinchi tomondan esa bolada har xil musiqa tinglash va musiqa mashg‘ulotlari jarayonida shu san’atga bo‘lgan qiziqish ortib boradi. Darsdan tashqari o'tkaziladigan musiqa mashg‘ulotlari to‘ga- rak mashg‘ulotiga o‘xshaydi. Lekin farqi shundaki, mashg‘ulot butun guruh bilan dam olish paytlarida yoki muayyan vaqtda o‘tkaziladi. Shu bilan birga yana bir narsani yodda tutish kerakki, darsdan tashqari musiqa mashg‘ulotlarida shu soha bo'yicha keng yo‘llanma beriladi va o‘z ichiga xilma-xil shakllami qamrab oladi: uni guruh bo‘lib, jamoa bo‘lib, yakka holda tashkil etish mumkin. Bunga yana har xil ertaliklami, bayramlarga bag‘ishlab tayyorla- nadigan ikkinchi konsertlar, viktorinalami qo‘shish mumkin. Ma salan, darsdan tashqari mashg‘ulotni o‘yin sifatida o‘tkazish yoki musiqa haqida suhbat-viktorinalar uyushtirish, xor bo‘lib ijro etish va ritmik harakat qilish shular jumlasidandir. Darsdan tashqari mashg‘ulotning turhcha bo‘hshiga qaramay, uning yo‘nalishi bir bo‘Ub, musiqa darsi dasturi bilan bog‘liq bo‘hshi kerak va 0 ‘zbe- kiston xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Bu mashg‘ulotning to‘garak mashg‘ulotlaridan farqi shunda ki, agar to ‘garakda 10—15 o‘quvchi qatnashsa, kuni uzaytirilgan guruhlarda 25—30 o‘quvchi qatnashishi mumkin, lekin u har haftada bir marta 30 daqiqadan o‘tkaziladi. Sinfdan tashqari musiqa mashg‘ulotlarining musiqa darsiga o‘xshashligiga va o‘quv dasturi bilan bog‘liq bo‘lishiga qaramay, ular bir-birlaridan tubdan farq qiladi. Masalan, darsdan keyingi mashg‘ulotlarda ko‘proq o‘yin metodi qo‘llaniladi. 0 ‘quvchining qiziqishlari hisobga olinib, maktabda nishonlanadigan bayramlarga jam oa b o ‘lib tayyorlaniladi. Darsdan tashqari m ashg‘ulotda o‘qituvchi har xil metodlar qo‘llashi mumkin. Xalq musiqasiga bag‘ishlangan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilar ashu- laning ohangini, kuyining ritmini va o‘ziga xos navosini o‘rga- nishadi. 0 ‘zbek xalq musiqasi orqali o'quvchilar xalq hayoti va turli-tuman an’analari bilan tanishadi, xalq og‘zaki ijodi asosida tayyorlangan musiqali o ‘yinlar o‘ynaydi. Bu bolalami o‘zbek xalq raqslari va qo‘shiqlari bilan tanishtirishda muhim ahamiyatga ega. N. Qodirov qayta ishlagan bir ovozlik va ko‘p ovoz uchun m o‘ljallangan «Oq terakmi, ko‘k terak», «Choriy chanbar», «Zuv- zuv boragay», Sh. Yormatovning «Sog‘lom avlod», «Salom, maktab», « 0 ‘ynadik, hech to‘ymadik» va boshqa musiqalar shular 49 jumlasidandir. Bolalar o‘yinda o‘zlarini juda erkin his qiUshadi va ularda musiqaga bo‘lgan havas rivojlanadi. Darsdan tashqari musiqa mashg‘ulotlari musiqa eshitish, xor bo‘lib ijro etish, cholg‘u asboblarida kuy chahsh, ritmik harakat qihsh kabi ijodiy vazifalami o‘z ichiga oladi. Dasturga didaktik o‘yinlaming kiritilishi o‘quvchilaming bilish va o ‘rganish qobiliyatini oshiradi. Mashg‘ulot jarayonida o ‘quv- chilaming hammasi bir-biri bilan bevosita bog'liq bo‘lishadi. Darsdan tashqari musiqa mashg‘ulotlarida o‘qituvchi o‘quv dastu- riga tayangan holda o‘zbek bastakorlarining qo‘shiqlaridan, mult- filmlar, kinofilmlardagi qo‘shiqlardan keng foydalanadi. Bu bolaning m a’naviy dunyosini boyitadi. Kuni uzaytirilgan guruhning I sinfi uchun musiqa mashg‘u- loti. Uchinchi hafta. Mavzu: 0 ‘zbek xalq qo‘shiqlari. 1. 0 ‘zbek xalq qo‘shiqlari haqida suhbat. 2. 0 ‘zbek xalq qo‘shiqlarini tinglash. 3. Ijro etiladi: «Oq terakmi, ko‘k terak» o‘zbek xalq qo‘shig‘i. 4. Didaktik o‘yin. Ohangidan aniqlash. 0 ‘zbek xalq qo‘shig‘i haqida suhbat o ‘tkazilsa, o ‘quvchilar xalq ijodiyotining qiziqarh olami bilan yaqindan tanishadi. 0 ‘zbek xalq qo‘shiqlari oddiy iste’dodli odamlar tomonidan ijod qilinadi, oylar, yillar o ‘tishi bilan ular sayqallashadi. Bu sayqalni xalq beradi. Xalq qo‘shiqlari qalbga juda yaqin, chunki ularda xalqning quvonchi va tashvishlari, orzu-umidlari, g‘am-alami o ‘z ifodasini topgan bo‘ladi. Ulaming so‘zi va musiqasi bir-biriga tabiiy ra vishda birikib, uyg‘unlashib ketgan bo‘ladi. Tarbiyachi musiqaviy mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilaming ritmik tuyg‘ularini rivojlantirish uchun turli o‘yinlardan foyda- lanishi mumkin. Bunda o‘qituvchi m a’lum bir qo‘shiqning kirish qismi ritmini beradi, bolalar esa qarsak bilan takrorlab, qo‘shiq- ning nom ini aytadilar. Bu xildagi o ‘yinlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bajaradigan musiqaviy obrazlami ifodalovchi musiqa- viy-ritmik (marshirovka, oyoq uchida yurish, yugurish va bosh- qalar) harakatlami musiqaga moslash usuli orqali amalga oshiri- ladi. 0 ‘quvchilar bilan musiqa jo ‘rligida ritmik harakatlarni bajarish ulaming jismonan sog‘lom, baquwat, chiniqqan bo‘lishi- 50 da va bolalar organizmining to ‘g‘ri rivojlanishida muhim aha miyatga ega. Musiqaviy-ritmik tarbiya berishning asosiy vositasi maxsus ishlab chiqilgan musiqaviy-xarakterli faoliyat hisoblanadi. Musi qaviy-ritmik tarbiya berishning quyidagi vositalari mavjud: — musiqa savodining elementar asoslari; — harakatning musiqa bilan mosligini ta’minlovchi mashqlar; — musiqaviy o‘yinlar; — raqsga mos mashqlar; — yurish va yugurish; — anjomlarsiz bajariladigan mashqlar; — milliy va zamonaviy raqs ko‘rinishlari; — ritmik badantarbiya mashqlari. 0 ‘quvchilarning kuni uzaytirilgan sinf va guruh musiqaviy mashg‘ulotlaridagi ishtiroki ixtiyoriy bo‘lib, ular: — o‘zlari qiziqqan musiqa turi bilan shug‘ullanishi; — mashg‘ulot mavzusi ham da dasturiga takliflar kiritish imtiyozi; — mashg‘ulotning o‘yin shaklida bajarilishi; — maktabdan tashqari m a’lum madaniy-ma’rifiy muassasa- larga sayrga chiqishlari kabilardir. Kuni uzaytirilgan sinf va guruh musiqa tarbiyasining maqsadi o ‘quvchilaming axloqiy-estetik sezgisi, e ’tiqodi, musiqaviy didi va ehtiyoji, bilim, ko‘nikma va malakalari, faoliyati, ijodiy qobi- liyatlari kabi musiqaviy madaniyatini tarbiyalashdan iborat bo‘l- mog‘i darkor. Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internat tarbiyachi- si musiqaviy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda quyidagi sifatlami o‘zida mujassam etmog‘i zarur: — yuksak madaniyatli boMish, san’atni chuqur bilishi, ovo- zini, kayfiyatini idora qila bilishi, san’at va adabiyot sohasidagi bilimini muntazam boyitib borishi; — mashg‘ulot maqsadini to ‘g‘ri tushuntira olishi; — mashg‘ulotni tashkil eta bilishi, mashg‘ulotda egallangan bilim va ko‘nikmalarni o ‘quvchilarning kuzatishlari, hayotiy tajribalari bilan bog‘lay olishi; — mashg‘ulotni tashkil eta bilishi, mashg‘ulotda egallangan bilim va ko£nikmalarni o'quvchilarning kuzatishlari, hayotiy tajribalari bilan bog‘lay olishi; 51 — mashg‘ulot jarayonida axloqiy-estetik maqsadni to ‘g‘ri va aniq belgilashi; shuningdek, tarbiyachi tarbiyaviy ishlarni olib borishda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan maqsad, vosita, obyekt, subyekt kabi pedagogik faoliyatning tarkibiy qismlariga tayanishi kerak. Tarbiyachi kuni uzaytirilgan guruhlaming musiqa mashg‘u- lotlarida yosh bolalar bastakorlari qo‘shiqlaridan bolalar ashula va raqs ansambllari dasturlarida foydalanishi mumkin. Musiqa mashg‘ulotlari dastawal bolalaming charchog‘ini yo‘qotadi, ruhan tetik qiladi, qolaversa, go‘zallik didini, ohanglar va tovushlami farqlay bilish qobiliyatini oshiradi. Bu, albatta, juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Shunday ekan, kuni uzaytirilgan gum hlarda musiqa mashg‘ulotlariga e ’tibomi yanada oshirish lozim. Qoidalar bilan tanishish mashg‘ulotlari. Bu xildagi mashg‘u- lotlarda tarbiyachi aniq tanlangan metodik yo‘llanma asosida bolalami o ‘quvchilar qoidalari bilan tanishtirib boradi. Bu ular xulq-atvorini yanada yaxshilashga imkon beradi. 0 ‘quvchilar qoidalarida bolaning m aktabda, uyda, jam oa orasida o ‘zini tutishiga doir maslahatlar o‘z aksini topgan. Kuni uzaytirilgan guruhlarda qoidalar bilan tanishtirish turli mashg‘ulotlar va usullar bilan o‘tkazilishi mumkin. Tarbiyachi turli-tuman sahna asarlaridan parchalar namoyish etadi, savol- javob soatlari va bahslami tashkil qiladi, hayotga yaqin bo‘lgan pedagogik vaziyatlami o‘yin tarzida uyushtiradi. Bulaming bar- chasi o ‘quvchilar qoidalari mazmuni asosida o‘tkaziladi. Ammo bu mashg‘ulotlar quruq yodlab olish emas, balki o‘quvchilaming huquq va axloqiy tarbiyasiga singib, erkin idrok etishga asoslanishi lozim. Tarbiyachi boshlang‘ich sinf o ‘quvchilarining yoshini hisob ga ohshi, asta-sekin huquq va burchga to ‘g‘ri munosabatda bo‘lib, nima mumkin-u, nima mumkin emasligini bolalar ongiga singdi- rishi zarur. Bu mashg‘ulotlaming maqsadi o‘quvchilar orasidagi har xil nojo‘ya xatti-harakat va huquqbuzarliklaming oldini olish, turli illatlaming salbiy ta ’sirini bartaraf qilishdir. Bolalar jamoa bo‘lib, muayyan ijodiy ishlarni amalga oshirsalar, belgilangan tartib-intizomni qo‘llab-quwatlab, unga amal qilsalar, ko‘zlangan maqsadga yetishish mumkin. 52 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qoidasida, sanitariya-gigiyena va ko‘cha harakati qoidalari, bolalarga g‘amxo‘rlik qilish birinchi darajaga chiqarilgan. Bolalarning shu qoidalami puxta egallashlari uchun tarbiyachi turli metodlardan foydalanishi mumkin. Ko‘cha harakati qoidalarini bilish hozirgi texnika asrida barcha uchun juda zarurdir. G uruh mashg‘ulotida tarbiyachi xonada ko‘cha tuzilishini chizishi mumkin va shu chizma-belgilar orqali ko‘chada harakat qilish qoidalarini o‘rgatadi, mashq qildiradi. Bu o‘yin-mashg‘ulotni bolalar havas bilan bajarishadi. Chunki u o‘yin shaklida o‘tadi. Bu ko‘cha harakatini o ‘rgatishning eng sodda shaklidir. So‘ng tarbiyachi mashg‘ulotning murakkabroq shakllariga asta-sekin murojaat etishi mumkin. Ko‘cha harakati qoidalarini o‘rganish guruh-guruh bo‘lib, musobaqa shaklida ham amalga oshirilishi mumkin. Kutubxona xizmatidan to‘g‘ri foydalanish, u yerda o‘zini tuta bilish qoidalari ham bolalar uchun nihoyatda kerak. Kuni uzaytirilgan guruhda tarbiyachi kutubxonaga kirganda, shovqin qilmaslik, baqirib, ya’ni baland ovoz bilan gapirmaslik zarur ekanini tushuntiradi. Bolalarga bu malakalami singdirish uchun tarbiyachi ularga kichik-kichik rollami bo‘lib berishi va oynatishi mumkin. Masalan, bir o‘quvchi kutubxonachi, boshqasi kitobxon rolini o ‘ynaydi. Qolgan bolalar esa zalda kitob o‘qib o‘tiradilar. Kitobxon-o‘quvchi bilan kutubxonachi-o‘quvchi muayyan kitobni olish haqida sekin ovozda gapirishadilar. Bunday mashg‘ulotlar ozodalik, yaxshi o ‘qish, kattalarni hurmatlash, o‘zidan kichiklarga g‘amxo‘rlik qilish singari ko‘pgina mavzularda o‘tkazilishi mumkin. Ko'rgazmali mashg‘ulotlar kuni uzaytirilgan guruhda yaxshi samara beradi. Xulosa qilib aytganda, bolalarga qoidalami o ‘rgatish mashg‘u- lotlari ularning kundalik hayotida katta ahamiyatga ega. Shuning uchun bunday mashg‘ulotlarni bolalar maktabga ilk qadam qo‘ygan kunidanoq boshlash lozim. Download 115.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling