K ic h ik b iz n e s V a t a d b ir k o r L ik f a o L iy a t in I r e ja L a s h t ir is h


Download 317.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana07.05.2023
Hajmi317.46 Kb.
#1437760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-maruza

2
V
300
390
1.3
3
G
700
770

4
D
1200
1260
1,05
5
Ushbu jadvalga ko'ra, agar kichik korxona 2,5 mln. so'mlik 
loyihalarni investitsiyalashtirish imkoniyatiga ega bo'lsa, bu mablag'lami 
А, В, V va G loyihalar uchun sarflash maqsadga muvofiq bo'lib, juda katta 
daromad keltirish imkoniyati bo'lsada, D loyihadan voz kechish zarurdir.
Agar foydalilik koeffitsiyentiga e’tibor bermasdan, faqat ko'zda 
tutilgan daromadlaming maksimal miqdorlariga ko'ra ish yuritilganda D, 
В va V variantlar tanlangan bo'lardi. Bunda jami xarajatlar 2,4 mln. 
so'mni tashkil etgan holda, korxona daromadi 2,955 mln. so'mni tashkil 
etardi. Agar foydalilik koetfitsiyentini hisobga olib tuzilgan investitsiya 
loyihasini amalga oshirganda, olinadigan daromad hajmi 3,305 mln. 
so'mni tashkil etishi mumkin edi.
Yuqorida ta’kidlanganlardan tashqari, amalda bo'lishi mumkin 
bo'lgan kompleks loyihalarni e’tiborga olish ham lozim. Bu ham 
investitsiya mablag'larini ajratishning variantlaridan biri bo'lib, bunda 
ma’lum bir loyiha bir vaqtda boshqa bir loyiha bilan parallel amalga 
oshirilishi mumkin. Masalan, yangi цех qurilishi butun zavodga xizmat 
qiladigan energetika yoki tozalash inshootlari rekonstrukuiyasi uchun 
ma’lum darajada mablag' qo'yishni talab etadi.
Bunday holda ikkala investitsiya mablag'ini sarflash loyihasining 
ham foydalilik koeffitsiyentini hisoblab chiqish lozim. Bunda ushbu 
koeffitsiyentlarning individual darajalariga e’tibomi qaratish shart emas. 
Misol uchun, firmada 600 ming so'm mablag' sarflab, 840 ming so'm


daromad keltiriladigan loyiha bor. Bunda foydalilik koeffitsiyenti 1,4 
(840/600) ni tashkil etadi. Lekin, shu bilan birga, firma umumzavod 
xo'jaligini takomillashtirishga yana 
1 0 0
ming so'm sarflashi zarur.
Bu esa daromadlilikni faqat 60 ming so'm miqdoridagina o'sishiga 
olib keladi yoki boshqacha qilib aytganda, bu loyiha bo'yicha foydalilik 
koeffitsiyenti 1 dan kichik bo'lib, 0,6 (60/100) ni tashkil etadi. Biroq agar 
o'zaro bog'liq bo'lgan ushbu loyihalar bo'yicha investitsiyalar miqdori va 
kutilayotgan daromadlami qo'shsak, bunda birinchi holatda 700 ming 
so'm (600+100), ikkinchi halatda esa 900 ming so'm (840+60) kelib 
chiqishini ko'ramiz. 
Shunday qilib, umumiy (integral) foydalilik 
koeffitsiyenti 1,29 (900/700) ni tashkil etadi, ya’ni 1 dan ancha yuqori. Bu 
esa bizga ikkala loyihani bir vaqtda amalga oshirish uchun qancha mablag' 
sarflash mumkinligini ko'rsatadi.
Qisqa xulosalar
Yangi biznes korxonalarini tashkil qilish bir necha bosqichdan iborat. 
Ular ta’sis etilgan joyidagi mahalliy hokimiyat organlari tomonidan davlat 
ro'yxatidan 
o'tadi. 
Davlat 
ro'yxatidan 
o'tkazilgan 
korxonaga: 
hokimiyatning korxonani davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi 
qarorlaridan ko'chirma, hokimiyat ro'yxatidan o'tkazilgan va tasdiqlangan 
korxona 
Nizomi 
hamda 
korxonaning 
ro'yxatdan 
o'tkazilganligi 
to'g'risidagi davlat orderi topshiriladi.
Korxona faoliyatini olib borishda biznes-reja muhim rol o'ynaydi. 
Biznes rejaning tuzilishi va mazmuni qat’iyan chegaralanmagan. 
Fikrimizcha, yetti bo'limdan iborat biznes reja eng maqbul biznes rejadir.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tahlil qilishda 
foydalilik koeffitsenti usulidan foydalanish oddiyligi va qulayligi bilan 
ajralib turadigan usul bo'lib, u yetarlicha asosli qarorlar qabul qilishga 
yordam beradi.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Yangi korxona tashkil qilish qanday bosqichlardan iborat?
2. Tashkil etilishi mo'ljallangan shaxsiy korxonalaming qanday 
turlarini bilasiz?
3. Tashkil etilayotgan korxonaning texnik-iqtisodiy asoslanishi (TIA) 
nimalardan iborat?
4. Biznes-reja nima? Uning mazmunini ochib bering.
5. Biznes-rejaning tuzilishi qanday, u qanday bo'limlardan iborat?
6
. Tashkil etilishi mo'ljallangan korxonaning ishlash va boshqaruv 
tizimi nimalardan iborat?
7. Korxonaning boshqaruv tamoyillari nimalardan iborat?


8
. Franchayzingning ustuvorlik va kamchiliklari nimada?
9. Foydalilik koeffitsenti qanday aniqlanadi?
1 0
.Kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishni izohlab 
bering.
Adabiyotlar
1. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini 
yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi: 
2 0 1 0
-yilda 
mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 
2 0 1 1
-yilga 
mo'ljallangan 
eng 
muhim 
ustuvor 
yo'nalishlarga 
bag'ishlangan 
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. 
-Т.: O'zbekiston, 2011.-48 b.
2. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlami yanada 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi: 
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 
qo'shma majlisidagi ma’ruzasi. -Т.: O'zbekiston, 2010 - 56 b.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2010-yilda 
mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 
2 0 1 1
-yilga 
mo'ljallangan 
eng 
muhim 
ustuvor 
yo'nalishlarga 
bag'ishlangan 
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Barcha 
reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz 
farovonligini oshirishga xizmat qiladi” mavzusidagi ma’ruzasini o'rganish 
bo'yicha O'quv-uslubiy majmua. -Т.: Iqtisodiyot, - 2011. -3 7 7 b.
4. Boltabayev M.R., Qosimova M.S., Ergashxodjayeva Sh.J., 
G'oyipnazarov B.K.,Samadov A.N., Xodjaev R.S. Kichik biznes va 
tadbirkorlik. - Т.:ADIB NASHRIYOTI, 2011. - 283 b.
5. G'oyibnazarov B.K., Rahmonov H.O., Otajonov Sh.I., Almatova 
D.S. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik - mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotini yuksaltirish omili. -Т.: Fan, 2011. -185 b.
6
. Xodiyev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik. -Т.: TDIU, 201 0 .-26 0 b.
7. Попов B.M. Бизнес- планирование: учебное - практ. пособие. 
-М .: КНОРУС, 2009. -816с.
8
. Предпринимательство: учебник / под. ред. М.Г.Лапусты. - 4-е 
издательство, доп. - М.: ИНФРА-М, 2008. - 667 б.
9. Анискин Ю.П. Организация и управление малым бизнесом: 
Учебное пособие. -М.:Финансы и статистика, 2008. -160.

Download 317.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling