K ic h ik b iz n e s V a t a d b ir k o r L ik f a o L iy a t in I r e ja L a s h t ir is h


Download 317.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana07.05.2023
Hajmi317.46 Kb.
#1437760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-maruza

Shaxsiy vositalar. 
Bu yerda ish asoschisi, uning hamkorlari, oila 
a’zolarining qo'shgan shaxsiy hissasi ko'rsatiladi.
B izn esn in g ta ’rifi. 
Firmaning miqdoriy ko'rsatkichlari, tashkiliy- 
huquqiy shakli, joyi, manzili va ishlovchilar sonini ko'rsatish lozim. Ishlab 
chiqarilmo qchi yoki bajarilmo qchi bo'lgan tovar va xizmatlar
korxonaning qisqacha tarixi, istiqboli, marketing hududi, iste’molchi va 
ta’minotchilarni ko'rsatish lozim.
B oshqaruv. 
Har bir mulk egalari va korxonaning boshqa 
boshqaruvchilarining ma’lumoti, tajribasi haqidagi ma’lumotni o'z ichiga 
oladi.
K orxon an in g m o liy a v iy istiqboli va k o 'rsa tk ich la ri. 
Agar korxona 
yangi tashkil etilgan bo'lsa, unda korxona egasining shaxsiy kapitalini 
ko'rsatish, rejali balans tuzish, istiqbolini baholash keltirilishi lozim. Shu 
bilan birga kutilmagan sarf-xarajatlar uchun muayyan mablag'lami ajratib 
qo'yish kerak. Agar korxona jamoasi harakatda bo'lsa, unda oxirgi ikki- 
uch yil ichidagi daromad va zararlar haqida balansli hisobot va bugungi 
holati haqidagi ma’lumotni taqdim etish lozim.
Ko'rsatilgan beshta bo'lim uchun 11 yordamchi shakl tuziladi.
1-shakl. Qarz olish uchun berilgan arizaning maqsadi va uning 
asoslanishi.


2-shakl. Shaxsiy moliyaviy deklaratsiya.
3-shakl. Korxonaning batafsil ta’rifi.
4-shakl. Bozoming tahlili.
5-shakl. Raqobatchilar.
6
-shakl. Korxonaning joy lashtirilishi.
7-shakl. Korxonaning xodimlari.
8
-shakl. Boshqaruv.
9-shakl. Tashkil etilayotgan yoki kengaytirilayotgan korxona uchun 
moliyaviy ma’lumot.
10-shakl. Harakatdagi korxonani sotib olish uchun moliyaviy 
ma’lumot.
11-shakl. Rahbar uchun qisqacha xulosa.
Qator xorij mualliflari biznes-rejaning rasmiylashtirilishi shakliga 
e’tiborni qaratmoqdalar. Qog'oz, papka, yozuv, varaqlarning sifati, ya’ni 
tashqi ko'rinishi hujjatni o'qiyotganda ma’lum taassurot qoldirishi 
mumkin. Xatosiz, toza yozilgan hujjat ishonch va hurmat uyg'otadi.
G.Berl AQSH turli shtatlarining to'qqiz rayonlari tadbirkor 
boshqaruvchilarining 
tresti 
hisoblanmish 
ishbilarmonlar 
forumi 
ma’qullagan 
namunali 
biznes-rejaning 
ta’rifini 
keltiradi. 
Bu 
quyidagilardan iborat: hajmi 40 betgacha. Spiral mahkamlagich bilan 
mahkamlangan. Muqovada kompaniyaning nomi yozilgan. Titul varag'ida 
esa kompaniyaning nomi va manzili yozilgan. Reja ikki betda yozilgan 
kompaniyaning bugungi operatsiya va rejalari haqidagi qisqacha 
axborotdan boshlanadi. Bo'linmalaming nomlari ilova qilingan. Matnda 
yetakchi xodim va investorlar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. 
Buxgalteriya hisoboti 
bo'yicha maslahatchilar va maslahatchi 

yuristlarning taqrizlari keltiriladi.
Biznes-rejani ishlab chiqishda undagi bo'limlar ta’rifi qisqa, 
tushunarli bo'lishiga alohida e’tibor berish lozim. Chunki bular biznes- 
rejaga qiziquvchi shaxs yoki bank xodimining undagi materiallami o'qish- 
o'qimasligini belgilab beradi. Xulosa qisqa bo'lib, biznes-rejaning barcha 
bo'limlarini qamrab olishi lozim. Xulosada quyidagi ma’lumotlar mavjud 
bo'lishi tavsiya etiladi:
- korxonaning nomi, uning yuridik manzili;
- aloqa qilish uchun shaxs, uning telefoni;
- biznes turi;
- kerakli qarz;
- qarzning maqsadi;
- mavjud aktivlar;


- mahsulot va bozor (mahsulotning qisqacha ta’rifi, uning real sotish 
imkoniyatlari);
- boshqaruv (asosiy mulk egasi va uning yordamchila ri ta’rifi);
- moliyaviy rejalar;
- sotish va daromad hajmining o'sish imkoniyatlari ko'rsatiladi .

Download 317.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling