K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston
Download 300.83 Kb.
|
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org
51-masala*. Gomozigotali sariq, silliq donli no’xat o’simliklari yashil, burishgan donli o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 va F2 da olingan o’simliklarning genotipini, fenotipini hamda genotipik va fenotipik sinflarning sonini va nisbatini aniqlang. F1 o’simliklari chatishtirish uchun olingan sariq, silliq donli va yashil, burishgan donli o’simliklar bilan qayta chatishtirilsa, keyingi avlodda genotip va fenotip bo’yicha qanday natija olish mumkin?
Masalaning yechilishi: bundan oldingi masalada ko’rilganidek, donning sariq, silliq bo’lishi dominant A va B genlariga hamda donning yashil, burishgan bo’lishi retsessiv a va b genlariga bog’liq. SHunga ko’ra, bu masala quyidagicha yechiladi: sariq, silliq yashil, burishgan P ♀ AABB X ♂ aabb g AB ab F1 AaBb - sariq, silliq sariq, silliq sariq, silliq P ♀ AaBb X ♂ AaBb g AB, Ab, aB, ab AB, Ab, aB, ab F2
Jadvalda keltirilgan genotipik va fenotipik sinflarni, ularning takrorlanishi hamda nisbatlarini quyidagicha yozib chiqamiz: F2 da olingan F2 da olingan Fenotipik genotipik sinflar fenotipik sinflar sinflar nisbati 1 . AABB = 1 sariq, silliq 2. AABb = 2 sariq, silliq 9/16 sariq, silliq 3. AaBB = 2 sariq, silliq ( 9 AˍBˍ) 4. AaBb = 4 sariq, silliq 5 . AAbb = 1 sariq, burishgan 3/16 sariq, burishgan 6. Aabb = 2 sariq, burishgan ( 3 Aˍbb) 7 . aaBB = 1 yashil, silliq 3/16 yashil, silliq 8. aaBb = 2 yashil, silliq ( 3 aaBˍ) 9 . aabb = 1 yashil, burishgan 1/16 yashil, burishgan jami = 16 ( 1 aabb) Masalaning javobi: 1) gomozigotali sariq, silliq donli no’xat o’simliklari yashil, burishgan donli o’simliklar bilan chatishtirilganda Mendelning birinchi qonuniga ko’ra F1 da faqat sariq, silliq donli o’simliklar hosil bo’ladi. Ular genotip bo’yicha digeterozigotali bo’lib, AaBb genotipga ega. 2) F1 o’simliklari o’zaro chatishtirilganda F2 da 9 ta genotipik va 9 : 3 : 3 : 1 nisbatda 4 ta fenotipik sinflar hosil bo’ladi. YA’ni, Mendelning ikkinchi qonuniga binoan ajralish ketib, 9/16 qism sariq, silliq (A-B-); 3/16 qism sariq, burishgan (A-bb); 3/16 qism yashil, silliq (aaB-) va 1/16 qism yashil, burishgan (aabb) donli o’simliklar hosil bo’ladi. 3) F1 o’simliklari chatishtirish uchun olingan sariq, silliq donli o’simliklar bilan qayta chatishtirilsa, keyingi avlodda FB da yana sariq, silliq donli o’simliklar hosil bo’ladi. sariq, silliq sariq, silliq P ♀ AaBb X ♂ AABB g AB, Ab, aB, ab AB FB AABB - sariq, silliq AABb - sariq, silliq AaBB - sariq, silliq AaBb - sariq, silliq 4) F1 o’simliklari chatishtirish uchun olingan yashil, burishgan donli o’simliklar bilan qayta chatishtirilganda, keyingi avlodda FB da 1 : 1 : 1 : 1 nisbatda to’rtta fenotipik sinfga mansub o’simliklar hosil bo’ladi. sariq, silliq yashil, burishgan P ♀ AaBb X ♂ aabb g AB, Ab, aB, ab ab FB AaBb - sariq, silliq Aabb - sariq, burishgan aaBb - yashil, silliq aabb - yashil, burishgan Download 300.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling