K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston
Download 300.83 Kb.
|
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org
52-masala. No’xat o’simligida gulining qizil rangda bo’lishi S geniga, oq rangda bo’lishi s geniga, o’simlik bo’yining baland bo’lishi D geniga va past bo’lishi d geniga bog’liq. Quyidagi genotiplarga ega bo’lgan o’simliklarni chatishtirishdan olingan keyingi avlod o’simliklarining genotipi va fenotipini aniqlang:
1) CCDD x ccdd; 2) CcDd x ccdd; 3) CcDd x CCDD; 4) Ccdd x ccDd; 5) ccDd x CcDD 53-masala. Gomozigotali qizil gulli, baland bo’yli no’xat o’simliklari oq gulli, past bo’yli o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 va F2 da olingan o’simliklarning genotipini, fenotipini hamda genotipik va fenotipik sinflarning sonini va nisbatini aniqlang. F1 o’simliklari gomozigotali uzun bo’yli, qizil gulli o’simliklar bilan hamda oq gulli, kalta bo’yli o’simliklar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda genotip va fenotip bo’yicha qanday natija olish mumkin? 54-masala. No’xat o’simligida donining sariq rangda bo’lishi yashil rangi ustidan va donning silliq shakli burishgan shakli ustidan to’liq dominantlik qiladi. Sariq, silliq donli no’xat o’simliklari xuddi shunday fenotipga ega bo’lgan o’simliklar bilan chatishtirilganda keyingi avlodda olingan o’simliklarning hammasi sariq, silliq donli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniq aniqlash mumkinmi? Aniq aniqlash uchun qanday chatishtirish o’tkazish kerak? 55-masala. Sariq, silliq donli no’xat o’simliklari xuddi shunday donga ega bo’lgan boshqa o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda o’rganilayotgan belgilar bo’yicha xilma-xillik olingan. Bunda olingan o’simliklarning ma’lum qismi sariq, silliq donli; ma’lum qismi sariq, burishgan donli; ma’lum qismi yashil, silliq donli va ma’lum qismi yashil, burishgan donli bo’lgan. Bu fenotipik sinflarga mansub o’simliklarning nisbati 9 : 3 : 3 : 1 ga yaqin bo’lgan. Olingan natijaga asoslanib, chatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang. Download 300.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling