K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston


Download 300.83 Kb.
bet1/76
Sana19.11.2023
Hajmi300.83 Kb.
#1786266
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org


K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston

0O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti
S H.Turabekov, A.S.Almatov
A .A.Bekmuxamedov, A.K.Raximov,
S.U.Ibragimxodjayev, M.M.Ergashev.
Genetikadan masalalar to’plami
va ularni yechish usullari
(uslubiy qo’llanma)
(qayta ishlangan va to’ldirilgan ikkinchi nashri)
Toshkent - 2014
T uzuvchilar: SH.Turabekov, A.S.Almatov , A.A.Bekmuxamedov, A.K.Raximov, S .U.Ibragimxodjayev, M.M.Ergashev.
Taqrizchilar: S.S.Fayzullayev - Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat

pedagogika universitetining


professori, biologiya fanlari nomzodi.
K.S.Sodiqova - Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston

Milliy universiteti Biokimyo


kafedrasining dotsenti, biologiya
fanlari nomzodi.
O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi
D.A.Musayev tahriri ostida.
Uslubiy qo’llanmaga kiritilgan masalalar umumiy genetika fanining eng muhim boblari – mono-, di- va poliduragay chatishtirishlar, noallel genlar o’zaro ta’sirining komplementar, epistaz, polimeriya, kombinirlangan tiplari, belgilarning jins bilan birikkan holda irsiylanishi, belgilarning birikkan holda irsiylanishi va krossingover, populyatsiyalar genetikasi, irsiyatning molekulyar asoslariga mo’ljallanib tuzilgan. Har bir bobda tipik masalalardan bittasining yechilish usullari keltirilgan. Qo’llanmaga mahalliy material – g’o’za o’simligining bir qator morfologik-sifat belgilarining irsiylanishiga oid masalalar ham kiritilgan.

Uslubiy qo’llanma «Genetika va seleksiya asoslari» fani o’quv dasturiga muvofiq yaratilgan hamda 5140100 - biologiya bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan.


Allel va noallel genlar haqida G.Mendel.
Buyuk olim G.Mendel no’xat o’simligi ustida olib borgan genetik tadqikotlar natijasida irsiy omillar (endilikda genlar), uning allel va noallel tiplari haqidagi dastlabki ilmiy dunyoqarashni shakllantirdi. Uning fikricha:
- organizmlarning har bir belgisi ayrim irsiy faktor (gen) tomonidan boshqariladi;
- har qaysi irsiy faktor ikki xil - dominant va retsessiv allel holatida bo’ladi;
- bitta belgining alternativ (keskin farqlanuvchi) holatda rivojlanishini ta’min etuvchi genlar keyinchalik allel genlar deb ataladigan bo’ldi. Bu atamani boshqacha bir gen allellari deb ham yuritiladi;
- ikki va undan ortiq belgilarning namoyon bo’lishini ta’min etuvchi genlar noallel genlar deb belgilandi.
Mendel allel genlar (bir gen allellari) o’zaro ta’sir qilgan holatda faoliyat ko’rsatishining bitta qonuniyatini - to’liq dominantlik hodisasini kashf etdi.
Keyingi tadqiqotlar allel va noallel genlarning o’zaro ta’sir etib faoliyat ko’rsatishining murakkabligini va xilma-xilligini isbotladi.

Download 300.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling