K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston
Download 300.83 Kb.
|
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-masala*.
9-masala*. Pomidor o’simligida mevaning tuksiz bo’lishi tukli bo’lishi ustidan to’liq dominantlik qiladi. Tuksiz mevali pomidor o’simliklari tukli mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 50% i tukli mevaga va 50% i tuksiz mevaga ega bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang.
Masalaning yechilishi: Tuksiz mevali pomidor o’simliklari tukli mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda keyingi avlodda 1 : 1 nisbatda ajralish ketishi tuksiz mevali o’simliklar genotip bo’yicha monogeterozigotali (Aa) bo’lganligidan dalolat beradi. (A- tuksiz mevali pomidor; a- tukli mevali pomidor) tuksiz tukli P ♀ Aa X ♂ aa g A, a a F1 Aa - tuksiz, aa - tukli 10-masala*. Tuksiz mevali pomidor o’simliklaridan urug’ yig’ib olinib, ular ekilganda, urug’lardan unib chiqqan o’simliklarning 75% i tuksiz va 25% i tukli mevaga ega bo’lgan. Boshlang’ich tuksiz mevali o’simliklarning genotipi qanday bo’lgan? Tuksiz mevali o’simliklarning keyingi avlodda ajralish bermaydiganlarini qanday ajratib olish mumkin? Masalaning yechilishi: Tuksiz mevali o’simliklar urug’idan unib chiqqan o’simliklarning 75% i tuksiz va 25% i tukli mevali bo’lishi o’rganilayotgan belgi bo’yicha 3 : 1 nisbatda ajralish ketganligidan dalolat beradi. Bunday nisbatda ajralish Mendelning ikkinchi qonuniga ko’ra boshlang’ich o’simliklarning monogeterozigotali ekanligini ko’rsatadi. tuksiz tuksiz P ♀ Aa X ♂ Aa g A, a A, a F1 AA - tuksiz Aa - tuksiz Aa - tuksiz aa - tukli Nisbat 3 : 1 Keyingi avlodda ajralish bermaydigan o’simliklarni ajratib olish uchun har bir o’simlikdan urug’ alohida yig’ib olinib, keyingi yili ekib o’rganiladi. Ajralish bermaganlari tanlab olinadi. YOki tahliliy chatishtirish o’tkaziladi ( tuksiz x tukli). 11-masala. Qizil mevali pomidor o’simliklari sariq mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 1/2 qismi qizil mevali va 1/2 qismi sariq mevali bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang. Download 300.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling