K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston


Download 300.83 Kb.
bet6/76
Sana19.11.2023
Hajmi300.83 Kb.
#1786266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org

12-masala. Qizil mevali pomidor o’simliklaridan urug’ yig’ib olinib, ular ekilganda, ulardan unib chiqqan o’simliklarning 3/4 qismi qizil mevali va 1/4 qismi sariq mevali bo’lgan. Boshlang’ich qizil mevali o’simliklarning genotipi qanday bo’lgan? Qizil mevali o’simliklar orasidan keyingi avlodda ajralish bermaydigan o’simliklarni qanday ajratib olish mumkin?


13-masala. Silliq donli no’xat o’simliklari o’zaro chatishtirilib, keyingi avlod o’simliklari o’rganilganda, ularning donini fenotip bo’yicha ikki guruhga, ya’ni silliq donlarga va burishgan donlarga ajratish mumkin bo’lgan. Silliq donlar burishgan donlarga nisbatan 3 barobar ko’p bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan silliq donli o’simliklarning genotipi haqida nima deyish mumkin? Belgining irsiylanish qonuniyatini aniqlang.


14-masala. SHoxsiz sigirlar shoxli buqalar bilan chatishtirilganda F1 da barcha buzoqlar shoxsiz bo’lgan. Birinchi avlodda olingan urg’ochi va erkak buzoqlar voyaga yetgach o’zaro chatishtirilib, keyingi ikkinchi avlod buzoqlari olinganda, ularning 3/4 qismiga yaqini shoxsiz va 1/4 qismi shoxli bo’lgan. O’rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatlarini aniqlang.


15-masala. Xo’jalikda shoxsiz sigir va shoxli buqa bo’lgan. Ular chatishtirilganda birinchi yili olingan buzoq shoxli bo’lgan. Ikkinchi yili sigir va buqa chatishtirilganda shoxsiz buzoq tug’ilgan. Sigir va buqa hamda buzoqlarning genotipini aniqlang.
16-masala. No’xatsimon tojli tovuqlar bargsimon (oddiy) tojli xo’rozlar bilan chatishtirilganda F1 da barcha jo’jalar no’xatsimon tojli bo’lgan. Keyingi yili no’xatsimon tojli jo’jalarning makiyonlari bargsimon tojli xo’rozlar bilan chatishtirilganda olingan jo’jalarning 50% i no’xatsimon va 50% i bargsimon tojli bo’lgan. Belgining irsiylanish qonuniyatini aniqlang.


17-masala. No’xatsimon tojli tovuq va xo’rozlar chatishtirilganda olingan jo’jalarning 3/4 qismi no’xatsimon, 1/4 qismi bargsimon tojli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan tovuq va xo’rozlarning genotipi haqida nima deyish mumkin?



Download 300.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling