K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston


Download 300.83 Kb.
bet7/76
Sana19.11.2023
Hajmi300.83 Kb.
#1786266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   76
Bog'liq
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org

18-masala. Quyonlarda yungning normal uzunlikda bo’lishi dominant, kalta bo’lishi retsessiv belgi hisoblanadi. YUnglari kalta bo’lgan ona quyon bolalaganda uning yettita bolasidan to’rttasi kalta yungli va uchtasi normal yungli bo’lgan. Ota quyonning genotipini aniqlang.


19-masala. G’o’za o’simligining cheklanmagan shoxli (S) bo’lishi cheklangan shoxli (s) bo’lishi ustidan to’liq dominantlik qiladi. CHeklanmagan shoxli g’o’za o’simliklari cheklangan shoxli o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 50% i cheklanmagan shoxli va 50% i cheklangan shoxli o’simliklar bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang.


20-masala. CHeklanmagan shoxli g’o’za o’simliklari chatishtirilganda, keyingi avlodda 324 ta o’simlik olingan bo’lib, ulardan 242 tasi cheklanmagan shoxli va 82 tasi cheklangan shoxli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang. CHatishtirishdan keyin olingan o’simliklarning qancha qismi gomozigotali va qancha qismi geterozigotali bo’lgan? Gomozigotali o’simliklarni ajratib olish uchun qanday chatishtirish o’tkazish kerak?


21-masala. Odamlarda o’ng qo’l bilan ishlashga layoqatlilik chap qo’l bilan ishlashga layoqatlilik ustidan to’liq dominantlik qiladi. O’ng qo’l bilan ishlashga layoqatli qiz chapaqay yigitga turmushga chiqqan. Bu oilada uchta farzand tug’ilgan bo’lib, ulardan ikkitasi o’ng qo’l bilan ishlashga, bittasi esa chap qo’l bilan ishlashga layoqatli bo’lgan. Oiladagi barcha kishilarning genotipini aniqlang.


22-masala. Onasi chapaqay, otasi esa o’ng qo’l bilan ishlashga layoqatli bo’lgan oilada tug’ilgan qiz (o’ng qo’l bilan ishlashga layoqatli) chapaqay yigitga turmushga chiqqan. Bu yangi oilada o’rganilayotgan belgi bo’yicha qanday fenotipga ega bo’lgan bolalarning tug’ilish ehtimoli bor?


23-masala. Ota-onasi jigarrang ko’zli yigit (u ham jigarrang ko’zli) otasi jigarrang ko’zli, onasi esa ko’k ko’z bo’lgan jigarrang ko’zli qizga uylangan. Bu oilada bitta ko’k ko’z bola tug’ilgan. Oiladagi barcha kishilarning genotipini aniqlang. Oilada yana qanday ko’z rangiga ega bo’lgan bolalarning tug’ilish ehtimoli bor?



Download 300.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling