K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston


To’liqsiz dominantlik holatda belgilarning irsiylanishi


Download 300.83 Kb.
bet10/76
Sana19.11.2023
Hajmi300.83 Kb.
#1786266
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76
Bog'liq
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org

To’liqsiz dominantlik holatda belgilarning irsiylanishi.
34-masala*. Qo’ng’ir tolali g’o’za o’simliklari oq tolali o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 o’simliklari novvot rang tolali bo’lgan. F1 o’simliklari qo’ng’ir tolali va oq tolali o’simliklar bilan qayta chatishtirilganda, har ikki holatda ham tola rangi bo’yicha ajralish ketgan. F1 o’simliklari qo’ng’ir tolali o’simliklar bilan qayta chatishtirilganda FB da olingan o’simliklarning 1/2 qismi qo’ng’ir va 1/2 qismi novvot rang tolali bo’lgan. F1 duragaylari oq tolali o’simliklar bilan qayta chatishtirilganda esa FB da 1/2 qism novvot rang tolali va 1/2 qism oq tolali o’simliklar olingan. Belgining irsiylanish qonuniyatini aniqlang. Novvot rang tolali o’simliklar o’zaro chatishtirilsa keyingi avlodda fenotip bo’yicha qanday natija olish mumkin?
Masalaning yechilishi:
Belgi Gen
Qo’ng’ir tola FrBr
Oq tola Frbr
Novvot rang tola FrBr Frbr
qo’ng’ir tola oq tola

P ♀ FrBr FrBr X ♂ Frbr Frbr


g FrBr Frbr
F1 FrBr Frbr - novvot rang tola
Tolaning qo’ng’ir rangini rivojlantiruvchi dominant FrBr geni tolaning oq rangini rivojlantiruvchi retsessiv allel - Frbr ustidan to’liqsiz dominantlik qilganligi sababli geterozigotali genotip - FrBr Frbr yangi fenotipning (novvot rang tolaning) rivojlanishiga olib keladi.
novvot rang tola qo’ng’ir tola
P ♀ FrBr Frbr X ♂ FrBr FrBr
g FrBr , Frbr FrBr
FB FrBr FrBr - qo’ng’ir tola
FrBr Frbr - novvot rang tola
FB da ikkita fenotip - qo’ng’ir tolali va novvot rang tolali o’simliklar hosil bo’ladi. Nisbat 1 : 1. To’liq dominantlikdan farqli o’laroq, geterozigotali genotip yangi fenotip beradi.
novvot rang tola oq tola
P ♀ FrBr Frbr X ♂ Frbr Frbr
g FrBr , Frbr Frbr
FB FrBr Frbr - novvot rang tolali
Frbr Frbr - oq tolali nisbat 1 : 1
novvot rang tola novvot rang tola

P ♀ FrBr Frbr X ♂ FrBr Frbr


g FrBr , Frbr FrBr , Frbr
F2 FrBr FrBr - qo’ng’ir tola
FrBr Frbr - novvot rang tola
FrBr Frbr - novvot rang tola
Frbr Frbr - oq tola nisbat 1 : 2 : 1
To’liqsiz dominantlik holatida ikkinchi avlodda genotip va fenotip bo’yicha uchta sinf hosil bo’ladi, ularning nisbati 1 : 2 : 1.



Download 300.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling