K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston


Download 300.83 Kb.
bet21/76
Sana19.11.2023
Hajmi300.83 Kb.
#1786266
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   76
Bog'liq
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org

74-masala. Tut ipak qurtining qurtlari oq rangli, sariq pilla o’rovchi zoti yo’l-yo’l rangli, oq pilla o’rovchi zoti bilan chatishtirilganida, F1 da faqat yo’l-yo’l rangli, sariq pilla o’rovchi qurtlar olingan. F2 da esa quyidagi natija olingan: 6388 ta yo’l-yo’l rangli, sariq pilla o’rovchi qurtlar, 2147 ta yo’l-yo’l rangli, oq pilla o’rovchi qurtlar; 2099 ta oq rangli, sariq pilla o’rovchi qurtlar va 691 ta oq rangli, oq pilla o’rovchi qurtlar. O’rganilayotgan belgilarning irsiylanish qonuniyatini, chatishtirish uchun olingan ipak qurti zotlarining hamda F1 va F2 avlod qurtlarining genotipini aniqlang.


75-masala. CHorvachilik bilan shug’ullanuvchi xo’jaliklardan birida bir necha yillar davomida shoxsiz, qora sigirlar xuddi shunday shoxsiz, qora buqalar bilan chatishtirib kelingan. Lekin, olingan buzoqlar bu belgilar bo’yicha xilma-xil bo’lgan. Ularning ma’lum qismi ota-onasiga o’xshash shoxsiz, qora bo’lgan bo’lsa, qolganlari: shoxsiz, qizil; shoxli, qora va shoxli, qizil bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan sigir va buqalarning genotipini aniqlang. Xo’jalikda faqat shoxsiz, qora buzoqlar olish uchun qanday chatishtirish o’tkazish kerak?


76-masala. Odamlarda ko’zning jigarrang bo’lishi ko’k rangi ustidan va o’ng qo’l bilan ishlashga layoqatlik(o’naqaylik) chap qo’l bilan ishlashga layoqatlik (chapaqaylik) ustidan to’liq dominantlik qiladi.
1) ota-onasi digeterozigotali bo’lgan bolalar ko’z rangi va qaysi qo’l bilan ishlashga layoqatlik bo’yicha qanday fenotipga ega bo’ladi?
2) otasi ko’z rangi bo’yicha geterozigotali va chapaqay, onasi esa ko’k ko’z, lekin ikkinchi belgi bo’yicha geterozigotali bo’lsa, shu oilada tug’ilgan bolalar qanday fenotipga ega bo’ladi?
3) ko’k ko’z va o’naqay yigit, jigarrang ko’z va o’naqay qizga uylangan. Bu oilada ikkita bola tug’ilgan bo’lib, ulardan biri jigarrang ko’z va chapaqay, ikkinchisi esa ko’k ko’z va o’naqay bo’lgan. Ota-ona va bolalarning genotipini aniqlang.
4) ko’k ko’z va o’naqay yigit, jigarrang ko’z va o’naqay qizga uylangan. Bu oilada ikkita farzand tug’ilgan bo’lib, ulardan biri jigarrang ko’zli va chapaqay, ikkinchisi esa ko’k ko’z va o’naqay bo’lgan. Yigit ikkinchi marta boshqa ayol bilan turmush qurgan bo’lib, bu ayolning ko’zi jigarrang, o’zi o’naqay bo’lgan. Nikohdan tug’ilgan 9 ta farzandning hammasi jigarrang ko’zli va o’naqay bo’lgan. Yigitning va ikkinchi ayolning genotipini aniqlang.



Download 300.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling