K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston


Download 300.83 Kb.
bet29/76
Sana19.11.2023
Hajmi300.83 Kb.
#1786266
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   76
Bog'liq
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org

94-masala. Qiltanoqsiz, qizil boshoqli va uzun bo’yli bug’doy o’simliklari qiltanoqli, oq boshoqli va kalta bo’yli o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o’simliklarning hammasi qiltanoqsiz, qizil boshoqli va uzun bo’yli bo’lgan. F1 o’simliklaridan urug’ yig’ib olinib, ikkinchi yili ekilganda, ulardan unib chiqqan o’simliklarning 27 qismi qiltanoqsiz, qizil boshoqli va uzun bo’yli; 9 qismi qiltanoqsiz, qizil boshoqli va kalta bo’yli; 9 qismi qiltanoqsiz, oq boshoqli va uzun bo’yli; 9 qismi qiltanoqli, qizil boshoqli va uzun bo’yli; 3 qismi qiltanoqsiz, oq boshoqli va kalta bo’yli; 3 qismi qiltanoqli, qizil boshoqli va kalta bo’yli; 3 qismi qiltanoqsiz, oq boshoqli va uzun bo’yli; 1 qismi qiltanoqsiz, oq boshoqli va kalta bo’yli bo’lgan. F1 va F2 o’simliklarining genotipini aniqlang hamda F2 da olingan natijaga asoslanib, o’rganilayotgan belgilarning irsiylanish qonuniyatini tushuntirib bering.
F1 o’simliklari qiltanoqsiz, oq boshoqli va kalta bo’yli o’simliklar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda olinadigan o’simliklarning fenotipi qanday bo’ladi? Fenotipik sinflarning nisbatini aniqlang.


95-masala. Boshoqlari qiltanoqsiz, donlari unda ikki qator joylashgan va qora donli arpa o’simliklari boshoqlari qiltanoqli, donlari to’rt qator joylashgan va oq donli o’simliklar bilan chatishtirilganida, F1 da olingan o’simliklarning hammasi qiltanoqsiz, donlari ikki qator joylashgan boshoqli va qora donli bo’lgan. F2 da esa quyidagi natija olingan:
270 ta qiltanoqsiz, ikki qator donli boshoq va qora donli;
92 ta qiltanoqsiz, ikki qator donli boshoq va oq donli;
97 ta qiltanoqsiz, to’rt qator donli boshoq va qora donli;
99 ta qiltanoqli, ikki qator donli boshoq va qora donli;
33 ta qiltanoqsiz, to’rt qator donli boshoq va oq donli;
25 ta qiltanoqli, ikki qator donli boshoq va oq donli;
36 ta qiltanoqli, to’rt qator donli boshoq va qora donli;
12 ta qiltanoqli, to’rt qator donli boshoq va oq donli o’simliklar.
CHatishtirish uchun olingan, F1 va F2 o’simliklarining genotiplarini aniqlang. F1 o’simliklari qiltanoq boshoqli, to’rt qator donli va oq donli o’simliklar bilan chatishtirilsa, genotip va fenotip bo’yicha qanday natija olish mumkin?



Download 300.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling