K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston


Download 300.83 Kb.
bet37/76
Sana19.11.2023
Hajmi300.83 Kb.
#1786266
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   76
Bog'liq
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org

112-masala. 1) Kulrang sichqonlar chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan sichqonlarning 82 tasi kulrang, 27 tasi qora va 35 tasi oq junli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan sichqonlarning genotipinit aniqlang.
2) Kulrang sichqonlar chatishtirilganda, F1 da olingan sichqonlarning 58 tasi kulrang va 19 tasi qora junli bo’lgan. Sichqonlarning genotipini aniqlang.


113-masala. Kulrang sichqonlar qora sichqonlar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan sichqonlarning hammasi kulrang bo’lgan, F2 da esa 3/4 kulrang, 1/4 qora sichqonlar olingan. CHatishtirish uchun olingan va chatishtirishdan keyin olingan sichqonlarning genotipini aniqlang.


114-masala*. To’tiqushlarning bir turida patning rangli bo’lishi allel bo’lmagan ikkita dominant genning komplementar ta’siriga bog’liq. Ulardan biri mustaqil holda patning havorang bo’lishini, ikkinchisi esa sariq bo’lishini ta’minlaydi. Genotipda har ikkala dominant genning bo’lishi pat rangining yashil bo’lishini belgilaydi. SHu genlarning retsessiv allellari yig’indisi esa pat rangining oq bo’lishini ta’minlaydi.
1) YAshil to’tiqushlar chatishtirilganda F1 da olingan qushchalarning 55 tasi yashil, 17 tasi havorang, 18 tasi sariq va 6 tasi oq patli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan to’tiqushlarning genotipini aniqlang.
2) Hayvonot bog’ida oq to’tiqushlarni yetishtirishga topshiriq olingan. Ammo fermada mavjud bo’lgan yashil va havorang to’tiqushlar chatishtirilganda keyingi avlodda oq patli to’tiqushlar chiqmagan. Sababini tushuntiring.
Masalaning yechilishi:
1) P ♀ yashil X ♂ yashil
F1 55 ta yashil, 17 ta havorang, 18 ta sariq, 6 ta oq.
F1 da olingan natija ko’rsatib turibdiki, fenotipik sinflarning nisbati digeterozigotali organizmlarni chatishtirilganda olish mumkin bo’lgan 9:3:3:1 ga yaqin. SHunga ko’ra, chatishtirish uchun olingan yashil to’tiqushlarning genotipini AaBb deb belgilash mumkin. Unda olingan natijani genetik jihatdan quyidagicha izohlash mumkin:
yashil yashil
P ♀ AaBb X ♂ AaBb
F1 9 AˍBˍ yashil; 3 Aˍbb havorang; 3 aaBˍ sariq; 1 aabb oq.
2) YAshil to’tiqushlar bilan sariq to’tiqushlar chatishtirilganda oq patli to’tiqushlarning chiqmasligiga sabab, ular pat rangini ta’minlovchi genlar bo’yicha gomozigotali bo’lgan bo’lishlari mumkin, ya’ni yashil to’tiqushlarning genotipi (bundan oldingi 1- masalaga binoan) AABB va sariq to’tiqushlarning genotipi aaBB bo’lgan bo’lishi mumkin. Bunday holda oq patli to’tiqushlarning chiqish ehtimoli yo’q.
yashil sariq
1) P ♀ AABB X ♂ aaBB
g AB aB
F1 AaBB - yashil
yashil yashil

2) P ♀ AaBB X ♂ AaBB


g AB, aB AB, aB
F2 AABB; 2 AaBB; aaBB
3 yashil 1 sariq.



Download 300.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling