K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston


Download 300.83 Kb.
bet38/76
Sana19.11.2023
Hajmi300.83 Kb.
#1786266
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   76
Bog'liq
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org

115-masala. Patlari yashil rangli to’tiqushlar oq patli to’tiqushlar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan qushchalarning 25% i yashil, 25% i havorang, 25% i sariq va 25% i oq patli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan to’tiqushlarning genotipini aniqlang. O’rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini tushuntirib bering.


116-masala. Havorang to’tiqushlar sariq patli to’tiqushlar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda havorang va sariq patli to’tiqushlar bilan birga yashil va oq patli to’tiqushlar ham olingan. Buning sababini tushuntiring.


117-masala*. YUmaloq mevali ikkita qovoq o’simliklari chatishtirilganda, F1 da olingan o’simliklarning mevasi yassi (disksimon) bo’lgan. F2 da olingan o’simliklarning 9/16 qismi yassi, 6/16 qismi yumaloq va 1/16 qismi uzunchoq (noksimon) bo’lgan. Nima uchun F2 da 9:6:1 nisbatda ajralish ketganligini tushuntiring va chatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang.
Masalaning yechilishi:
Bu masalada bir xil fenotipli o’simliklar chatishtirilganda F1 da yangi fenotipli o’simliklar olinishi o’rganilayotgan belgining ikki juft allel bo’lmagan genlarning komplementar ta’siriga bog’liq deyishga asos bo’ladi. F2 da olingan natija esa bu farazni ma’lum darajada tasdiqlaydi. SHunga ko’ra, chatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini AAbb va aaBB deb olish mumkin. Bunday holda o’rganilayotgan belgining irsiylanishini genetik jihatdan quyidagicha tushuntirish mumkin:
yumaloq yumaloq
P ♀ AAbb X ♂ aaBB
F1 AaBb - yassi
F2 9/16 yassi (9 AˍBˍ); 6/16 yumaloq (3 Aˍbb + 3 aaBˍ); 1/16 uzunchoq (1 aabb).
F2 da 9:6:1 nisbatda ajralish ketishining sababi, dominant A va B genlari mustaqil holda meva shaklining yumaloq bo’lishini ta’minlashidir. Ularning komplementar ta’sirida esa meva shakli yassi bo’ladi. Retsessiv allellarining yig’indisi esa meva shaklining noksimon (uzunchoq) bo’lishini ta’minlaydi.



Download 300.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling