K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston
Noallel genlar o’zaro ta’sirining epistatik tipi
Download 300.83 Kb.
|
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 125-masala*.
Noallel genlar o’zaro ta’sirining epistatik tipi.
Dominantlik deyilganda bir genga tegishli bir allelning boshqa alleli ustidan ustunlik qilish holatiga aytiladi. A>a, B>b, C>c. Ammo o’zaro ta’sir degan jarayon ham borki, bunda bir genning alleli boshqa bir gen allelining faoliyatini bosib turadi, masalan: A>B yoki a>b yoki b>A. Bunday dominantlik hodisasi epistaz deb ataladi. Boshqa genlarning faoliyatini bosib turuvchi genlar supressor yoki ingibitorlar deb ataladi. Ular yo dominant, yoki retsessiv bo’ladilar. Supressor genlarning dominant allellari I yoki Su simvollari bilan, ularning retsessiv allellari esa i yoki su bilan belgilanadi. Epistazning ikki tipi - dominant va retsessiv epistazlar farqlantiriladi. 125-masala*. Tovuq fermasida oq tovuqlar oq xo’rozlar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan jo’jalarning hammasi oq patli bo’lgan F1 da olingan tovuq va xo’rozlar chatishtirilganda F2 jo’jalarning 13/16 qismi oq patli va 3/16 qismi chipor patli bo’lgan. F1 da olingan tovuqlar birinchi marta chatishtirish uchun olingan oq patli xo’rozlar bilan chatishtirilganda esa, keyingi avlodda olingan jo’jalarning 3/4 qismi oq patli va 1/4 qismi chipor patli bo’lgan. Olingan natijalarga qarab, o’rganilayotgan belgining irsiylanishini tushuntirib bering va barcha tovuq va xo’rozlarning genotipini aniqlang. Masalaning yechilishi: Oq tovuqlar bilan oq xo’rozlar chatishtirilganda, F1 da faqat oq patli jo’jalarning olinishi chatishtirish uchun olingan tovuq va xo’rozlarning gomozigotaliligidan dalolat beradi. F2 da esa 13:3 nisbatda oq patli va chipor patli jo’jalarning olinishi F1 tovuq va xo’rozlarning digeterozigotaliligidan dalolat beradi. Bunday digeterozigotalilikni esa IIBB x iibb yoki Iibb x iiBB chatishtirishdan olish mumkin. Lekin ikkinchi chatishtirish orqali belgining irsiylanishini tushuntirib bo’lmaydi, chunki bu yerda 13:3 nisbatda ajralib ketish imkoniyati yo’q. SHuning uchun chatishtirishga dastlab olingan tovuq va xo’rozlarning genotipini IIBB va iibb deb olish mumkin. Bunday holda tovuqlarda pat rangining irsiylanishini quyidagicha izohlash mumkin: Belgi Gen - I chipor B oq iibb I > B oq patli oq patli P ♀ IIBB X ♂ iibb G IB ib F1 IiBb - oq patli F1 da olingan jo’jalar voyaga yetgach ularning ichidagi tovuqlari o’zlarining ichidan chiqqan xo’rozlar bilan chatishtirilsa, F2 da pat rangi bo’yicha quyidagicha ajralish ro’y beradi: oq patli oq patli P ♀ IiBb X ♂ IiBb g IB, Ib, iB, ib IB, Ib, iB, ib F 2 IIBB = 1 IIBb = 2 IiBB = 2 IiBb = 4 13/16 oq patli IIbb = 1 Iibb = 2 iibb = 1 iiBB = 1 iiBb = 2 3/16 chipor patli Bu yerda tovuq va xo’rozlarda pat rangining oq bo’lishi genotipda epistatik xususiyatga ega bo’lgan dominant I -ingibitoriga yoki genotipning iibb bo’lishiga bog’liq. Pat rangining chipor bo’lishi esa genotipning iiBB yoki iiBb bo’lishiga bog’liq. F1 da olingan tovuqlar chatishtirish uchun dastlab olingan oq xo’rozlar bilan chatishtirilganda quyidagi natijalarni olish mumkin: oq patli oq patli P ♀ IiBb X ♂ iibb g IB, Ib, iB, ib ib FB IiBb - oq patli Iibb - oq patli iiBb - chipor patli iibb - oq patli Olingan parrandalarning 3/4 qismi oq patli, 1/4 qismi esa chipor patli bo’ladi. Agar F1 dagi tovuqlar har ikki gen bo’yicha dominant gomozigotali oq patli xo’rozlar bilan chatishtirilsa, u holda: oq patli oq patli P ♀ IiBb X ♂ IIBB g IB, Ib, iB, ib IB FB IIBB - oq patli IIBb - oq patli IiBB - oq patli IiBb - oq patli Hamma parrandalar oq patli bo’ladi. Download 300.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling