K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston


Download 300.83 Kb.
bet42/76
Sana19.11.2023
Hajmi300.83 Kb.
#1786266
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   76
Bog'liq
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org

126-masala. Oq patli tovuq va xo’rozlar o’zaro chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan jo’jalarning 1365 tasi oq patga va 315 tasi rangli patga ega bo’lgan. O’rganilayotgan belgi qanday qonuniyatga asosan irsiylanadi? Nazariy xulosangizni statistik metod yordamida izohlab bering.


127-masala. Oq patli tovuqlar boshqa bir zotga mansub oq xo’rozlar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan jo’jalarning hammasi oq patli bo’lgan. F1 tovuq va xo’rozlari chatishtirilganda esa F2 da olingan jo’jalarning 13/16 qismi oq patli va 3/16 qismi qora patli bo’lgan. O’rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini va barcha tovuq hamda xo’rozlarning genotipini aniqlang, nima uchun F2 da 13 : 3 nisbatda ajralish ketish sababini tushuntiring. F1 tovuqlari retsessiv oq patli xo’rozlar bilan va gomozigotali qora xo’rozlar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda jo’jalar pat rangi bo’yicha qanday fenotipga ega bo’ladi?
128-masala. Oq patli tovuqlar qora patli xo’rozlar bilan chatishtirilib 170 ta jo’ja olingan, ularning hammasi oq patli bo’lgan. F1 da olingan tovuq va xo’rozlarning yarmi o’zaro chatishtirilganda, ulardan olingan jo’jalarning 593 tasi oq patli va 152 tasi qora patli bo’lgan. F1 da olingan tovuqlar dastlabki olingan qora xo’rozlar bilan chatishtirilganda esa olingan jo’jalarning 145 tasi oq va 144 tasi qora bo’lgan. Olingan natijalarni izohlang, tovuq va xo’rozlarning genotipini aniqlang.


129-masala. Fermada mavjud oq tovuqlar boshqa bir fermadan keltirilgan xo’rozlar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan jo’jalarning 75% i oq patli va 25% i qora patli bo’lgan. Qora patli jo’jalar keyingi yili voyaga yetib, ular o’zaro chatishtirilganda olingan jo’jalarning 75% i qora patli va 25% i oq patli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan barcha tovuq va xo’rozlarning hamda chatishtirishlardan keyin olingan jo’jalarning genotipini aniqlang. O’rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini tushuntirib berish mumkinmi?



Download 300.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling