K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston


Download 300.83 Kb.
bet50/76
Sana19.11.2023
Hajmi300.83 Kb.
#1786266
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   76
Bog'liq
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org

150-masala. Mevasi uchburchaksimon shaklga ega bo’lgan jag’-jag’ o’simliklari chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 15 qismi uchburchaksimon mevali va 1 qismi tuxumsimon mevali bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan uchburchaksimon mevali o’simliklar tuxumsimon mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda esa, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 3/4 qismi uchburchaksimon mevali va 1/4 qismi tuxumsimon mevali bo’lgan. O’rganilayotgan belgi bo’yicha barcha o’simliklarning genotipini aniqlang hamda irsiylanish qonuniyatini tushuntirib bering.


151-masala. Bug’doy o’simligining bahorgi va kuzgi navlari ma’lum. O’simliklarning kuzgi yoki bahorgi bo’lishi ularning genotipiga bog’liq. Bug’doyning bahorgi bo’lishi ikki juft allel bo’lmagan dominant genlarning polimer ta’siriga bog’liq, kuzgi bo’lishi esa shu genlarning retsessiv allellari yig’indisiga bog’liq. Gomozigotali bahorgi bug’doy o’simliklari kuzgi bug’doy o’simliklari bilan chatishtirilsa, F1 va F2 da olinadigan o’simliklarning genotipi va fenotipi qanday bo’ladi? Ularning nisbati-chi?


152-masala. O’simliklar bo’yining baland yoki past bo’lishi bir necha dominant genlarning polimer ta’siriga bog’liq. Masalan, jo’xori o’simligida o’simlik bo’yining 120 sm atrofida bo’lishi A1A1A2A2 genotipga va 40 sm atrofida bo’lishi a1a1a2a2 genotipga bog’liq. Agar o’simlikning bo’yi genotipdagi dominant genlarning soniga bog’liq bo’lsa, quyidagi genotipli o’simliklarning bo’yi taxminan necha santimetr bo’ladi?
1) A1A1A2a2; 2) A1a1A2a2; 3) A1A1a2a2; 4) A1a1a2a2


153-masala*. Uch juft polimer genlar bo’yicha retsessiv gomozigotali o’simliklar 32 sm, shu genlarning dominant gomozigota holatida esa 50 sm bo’yga ega bo’lishadi. Agar retsessiv gomozigotali o’simliklar dominant gomozigotali o’simliklar bilan chatishtirilganda 192 ta o’simlik olingan bo’lsa, ularning qancha qismi 44 sm bo’yga ega bo’lishadi?
Masalaning yechilishi:
uch juft retsessiv polimer genlar – a1a1a2a2a3a3 o’simliklarning 32 sm. lik bo’yini belgilaydi, uch juft dominant polimer genlar 50 sm. lik bo’yni belgilaydi. Bo’ylar o’rtasidagi farqni aniqlaymiz: 50 – 32 = 18 sm.
18 sm. ni 6 ta dominant allelga bo’lib, bitta dominant allelning ulushini topamiz: 18 : 6 = 3 sm. Demak, har bir dominant alel 3 sm. bo’yning o’sishini belgilaydi.
Ota-ona genotiplarini belgilaymiz:
32 sm 50 sm

P ♀ a1a1a2a2a3a3 X ♂ A1A1A2A2A3A3


g a1a2a3 A1A2A3
F1 A1a1A2a2A3a3 - 41 sm
41 sm 41 sm
P ♀ A1a1A2a2A3a3 X ♂ A1a1A2a2A3a3
g A1A2A3 A1A2A3
A1A2a3 A1A2a3
A1a2A3 A1a2A3
a1A2A3 a1A2A3
A1a2a3 A1a2a3
a1A2a3 a1A2a3
a1a2A3 a1a2A3
a1a2a3 a1a2a3
F 2 1. A1A1A2A2A3A3 = 1 – 6 ta dominant = 50 sm 1 ta
2. A1A1A2A2A3a3 = 2 – 5 ta dominant = 47 sm
3. A1A1A2a2A3A3 = 2 – 5 ta dominant = 47 sm 6 ta
4. A1a1A2A2A3A3 = 2 – 5 ta dominant = 47 sm
5 . A1A1A2A2a3a3 = 1 – 4 ta dominant = 44 sm
6. A1A1a2a2A3A3 = 1 – 4 ta dominant = 44 sm
7. a1a1A2A2A3A3 = 1 – 4 ta dominant = 44 sm 15 ta
8. A1A1A2a2A3a3 = 4 – 4 ta dominant = 44 sm
9. A1a1A2A2A3a3 = 4 – 4 ta dominant = 44 sm
10. A1a1A2a2A3A3 = 4 – 4 ta dominant = 44 sm
11. A1a1A2a2A3a3 = 8 – 3 ta dominant = 41 sm
12. A1a1A2A2a3a3 = 2 – 3 ta dominant = 41 sm
1 3. A1A1A2a2a3a3 = 2 – 3 ta dominant = 41 sm
14. A1a1a2a2A3A3 = 2 – 3 ta dominant = 41 sm 20 ta
15. a1a1A2a2A3A3 = 2 – 3 ta dominant = 41 sm
16. a1a1A2A2A3a3 = 2 – 3 ta dominant = 41 sm
17. A1A1a2a2A3a3 = 2 – 3 ta dominant = 41 sm
1 8. A1a1A2a2a3a3 = 4 – 2 ta dominant = 38 sm

19. A1a1a2a2A3a3 = 4 – 2 ta dominant = 38 sm


20. a1a1A2a2A3a3 = 4 – 2 ta dominant = 38 sm 15 ta
21. A1A1a2a2a3a3 = 1 – 2 ta dominant = 38 sm
22. a1a1A2A2a3a3 = 1 – 2 ta dominant = 38 sm
23. a1a1a2a2A3A3 = 1 – 2 ta dominant = 38 sm
2 4. A1a1a2a2a3a3 = 2 – 1 ta dominant = 35 sm
25. a1a1A2a2a3a3 = 2 – 1 ta dominant = 35 sm 6 ta
26. a1a1a2a2A3a3 = 2 – 1 ta dominant = 35 sm
2 7. a1a1a2a2a3a3 = 1 – 6 ta retsessiv = 32 sm 1 ta


Dominant allellar soni



6 ta

5 ta

4 ta

3 ta

2 ta

1 ta

0


Takrorlanish


CHastotasi

1

6

15

20

15

6

1

O’simliklar
bo’yi
sm hisobida

50

47

44

41

38

35

32

Hamma o’simliklar soni – 192 ta.

1/64 qismning ulushini topamiz: 192 : 64 = 3


1 ulushga 3 ta o’simlik to’g’ri keladi. 44 santimetr bo’yga ega bo’lgan o’simliklar 15 qismni yoki 15 x 3 = 45 ta o’simlikni tashkil qiladi.



Download 300.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling