K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston


Download 300.83 Kb.
bet48/76
Sana19.11.2023
Hajmi300.83 Kb.
#1786266
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   76
Bog'liq
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org

147-masala. Bug’doy o’simligining don rangi bo’yicha farqlanuvchi namunalarini chatishtirishdan olingan natijalarni genetik jihatdan izohlang:
1. R qizil donli x oq donli
F1 3/4 qizil donli : 1/4 oq donli
2. R qizil donli x qizil donli
F1 7/8 qizil donli : 1/8 oq donli.


148-masala*. Jag’-jag’ o’simligida mevasining shakli uchburchaksimon va tuxumsimon bo’ladi. Uchburchaksimon mevali o’simliklar tuxumsimon mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o’simliklarning hammasi uchburchaksimon mevali bo’lgan. F2 da esa olingan o’simliklarning 15/16 qismi uchburchaksimon mevali va 1/16 qismi tuxumsimon mevali bo’lgan. O’rganilayotgan belgining irsiylanishini tushuntirib bering. F1 da olingan o’simliklarni tuxumsimon mevali o’simliklar bilan qayta chatishtirilsa, keyingi avlodda qanday mevali o’simliklar olish mumkin?
Masalaning yechilishi:
Uchburchaksimon mevali o’simliklar tuxumsimon mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda F1 da uchburchaksimon mevali o’simliklarning olinishi, mevaning uchburchaksimon shakli tuxumsimon shakli ustidan dominantlik qilishini ko’rsatadi. F2 da 15:1 nisbatda ajralish ketishi esa F1 o’simliklarining digeterozigotaliligidan dalolat beradi. SHunga ko’ra, o’rganilayotgan belgining irsiylanishini quyidagicha izohlash mumkin:
uchburchaksimon tuxumsimon
P ♀ A1A1A2A2 X ♂ a1a1a2a2
F1 A1a1A2a2 - uchburchaksimon
uchburchaksimon uchburchaksimon

P ♀ A1a1A2a2 X ♂ A1a1A2a2


g A1A2, A1a2, a1A2, a1a2 A1A2, A1a2, a1A2, a1a2
F 2 1. A1A1A2A2 - 1 uchburchaksimon
2. A1A1A2a2 - 2 uchburchaksimon
3. A1a1A2A2 - 2 uchburchaksimon
4. A1a1A2a2 - 4 uchburchaksimon 15 uchburchaksimon
5. A1A1a2a2 - 1 uchburchaksimon
6. A1a1a2a2 - 2 uchburchaksimon
7. a1a1A2A2 - 1 uchburchaksimon
8. a1a1A2a2 - 2 uchburchaksimon
9. a1a1a2a2 - 1 tuxumsimon 1 tuxumsimon
Jag’-jag’ o’simligida mevasining uchburchaksimon shaklda bo’lishi allel bo’lmagan dominant genlarning o’zaro ta’siriga bog’liq. Meva uchburchaksimon bo’lishi uchun genotipda shu dominant genlardan bittasi bo’lsa kifoya.
F1 o’simliklari tuxumsimon mevali o’simliklar bilan chatishtirilsa, quyidagi natijani olish mumkin:
uchburchaksimon tuxumsimon
P ♀ A1a1A2a2 X ♂ a1a1a2a2
FB A1a1A2a2 , A1a1a2a2 , a1a1A2a2 , a1a1a2a2
3 uchburchaksimon 1 tuxumsimon



Download 300.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling