134-masala*. Qora donli suli o’simliklari oq donli o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 2/4 qismi qora, 1/4 qismi kulrang va 1/4 qismi oq donli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang.
Masalaning yechilishi:
P ♀ qora X ♂ oq
F1 2/4 qora; 1/4 kulrang; 1/4 oq
Olingan natijadan ko’rinib turibdiki, qora donli o’simliklar geterozigota bo’lgan. Agar monogeterozigota bo’lganda edi, unda F1 da 1:1 nisbatda ikkita fenotipik sinfga ajralish ketgan bo’lar edi. SHunga ko’ra, qora donli o’simliklarni digeterozigotali deb olamiz:
qora oq
P ♀ AaBb X ♂ aabb
g AB, Ab, aB, ab ab
FB AaBb Aabb aaBb aabb
qora qora kulrang oq
2 1 1
Javob: qora donli o’simliklarning genotipi AaBb va oq donli o’simliklarning genotipi aabb.
135-masala*. Qora donli suli o’simliklari kulrang donli o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 4/8 qismi qora, 3/8 qismi kulrang va 1/8 qismi oq donli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang.
Masalaning yechilishi:
Masalaning shartidan ko’rinib turibdiki, chatishtirish uchun olingan o’simliklardan biri digeterozigotali va ikkinchisi monogeterozigotali bo’lgan ( chunki oq donli, ya’ni retsessiv belgili o’simliklar 1/8 qism bo’lgan). Qora donli o’simliklar eng ko’p ( 4/8 qism) bo’lgani uchun ularning genotipini AaBb deb olish mumkin, unda kulrang donli o’simliklarning genotipi aaBb bo’ladi. Buni genetik jihatdan quyidagicha ifodalash mumkin:
qora kulrang
P ♀ AaBb X ♂ aaBb
g AB, Ab, aB, ab aB, ab
F1 AaBB - qora AaBb - qora
AaBb - qora Aabb - qora
aaBB - kulrang aaBb - kulrang
aaBb - kulrang aabb - oq
Javob: qora donli o’simliklarning genotipi AaBb va kulrang donli o’simliklarning genotipi aaBb.
136-masala. Qora donli suli o’simliklari o’zaro chatishtirilganda, F1 da olingan o’simliklarning 12/16 qismi qora, 3/16 qismi kulrang va 1/16 qismi oq donli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |