K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston


Download 300.83 Kb.
bet43/76
Sana19.11.2023
Hajmi300.83 Kb.
#1786266
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   76
Bog'liq
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org

130-masala. Fermada oq patli tovuqlar qora patli xo’rozlar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda 8088 ta jo’ja olingan bo’lib, ulardan 5055 tasi oq va 3033 tasi qora patli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan tovuq va xo’rozlarning genotipini aniqlang.


131-masala. Bitta zotga mansub oq tovuqlar boshqa zotga mansub oq xo’rozlar bilan chatishtirilganda, F1 da oq jo’jalar olingan. F2 da esa pat rangi bo’yicha ajralish ketib, olingan jo’jalarning 172 tasi oq va 33 tasi qora bo’lgan. F1 da olingan tovuqlar dastlabki chatishtirish uchun olingan oq xo’rozlar bilan chatishtirilganda FB da olingan jo’jalarning 146 tasi oq va 53 tasi qora bo’lgan. F1 da olingan xo’rozlar dastlabki chatishtirish uchun olingan tovuqlar bilan qayta chatishtirilganda, FB da 128 ta jo’ja olingan bo’lib, ularning hammasi oq bo’lgan. Pat rangining irsiylanish qonuniyatini aniqlang. F1, F2 va FB avlodlarda barcha natijalarni genetik jihatdan izohlang.


132-masala. Yilqichilik fermasida kulrang otlar qora otlar bilan chatishtirilgan. Birinchi avlodda olingan toychoqlarning hammasi kulrang bo’lgan. Ikkinchi avlod olinganda esa toychoqlarni kulrang, qora va saman (sariq) ranglarga ajratish mumkin bo’lgan, ya’ni toychoqlarning 12 qismi kulrang, 3 qismi qora va 1 qismi saman bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan otlarning hamda F1 va F2 da olingan toychoqlarning genotipini aniqlang.


133-masala*. Suli o’simligida donning qora bo’lishini dominant A geni va kulrang bo’lishini B geni ta’minlaydi. A geni B geniga nisbatan epistatik xususiyatga ega. Dominant genlarning genotipda bo’lmasligi don rangining oq bo’lishiga sabab bo’ladi. Quyidagi genotiplarga ega bo’lgan suli o’simliklarining don rangi bo’yicha fenotipini aniqlang:
1) AABB; 2) AAbb; 3) Aabb; 4) aaBB; 5) AaBb; 6) aaBb
Masalaning yechilishi:
1) AABB - qora; 2) AAbb - qora; 3) Aabb - qora; 4) aaBB - kulrang;
5) AaBb - qora; 6) aaBb - kulrang.



Download 300.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling