K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston


Download 300.83 Kb.
bet39/76
Sana19.11.2023
Hajmi300.83 Kb.
#1786266
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   76
Bog'liq
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org

118-masala. YAssi mevali qovoq o’simliklari uzunchoq mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o’simliklarning mevasi yassi bo’lgan. F1 o’simliklari o’zaro chatishtirilib, F2 o’simliklari olingan. F2 o’simliklarining 9/16 qismi yassi, 6/16 qismi yumaloq va 1/16 qismi uzunchoq mevali bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan va chatishtirishdan keyin olingan barcha o’simliklarning genotipini aniqlang hamda o’rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini tushuntirib bering.


119-masala. YUmaloq mevali qovoq o’simliklari o’zaro chatishtirilganda 25% i yassi mevali, 25% i uzunchoq mevali va 50% i yumaloq mevali bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang.


120-masala. YAssi mevali qovoq o’simliklari uzunchoq mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o’simliklarning 1/4 qismi yassi, 2/4 qismi yumaloq va 1/4 qismi uzunchoq mevali bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang.


121-masala. Oq junli dengiz cho’chqachalari qora junlilari bilan chatishtirilganda, ularning bolalari kulrang junli bo’lgan. F2 da esa oligan cho’chqachalarning 9 qismiga yaqini kulrang, 3 qismi qora va 4 qismi oq junli bo’lgan. O’rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini aniqlang. Nima uchun F2 da 9:3:4 nisbatda ajralish ketganligini tushuntiring. Tahliliy chatishtirish o’tkazilsa, genotip va fenotip bo’yicha qanday natija olish mumkin?


122-masala. YAshil donli javdar o’simliklari oq donli o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da yashil donli o’simliklar olingan, F2 da olingan 89 ta o’simlikning doni yashil, 28 tasiniki sariq va 39 tasiniki oq bo’lgan. O’rganilayotgan belgi qanday irsiylanadi? F1 o’simliklari gomozigotali sariq va oq donli o’simliklar bilan chatishtirilsa, don rangi bo’yicha qanday natija olish mumkin?



Download 300.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling