K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston


Download 300.83 Kb.
bet47/76
Sana19.11.2023
Hajmi300.83 Kb.
#1786266
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   76
Bog'liq
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org

143-masala. Och qizil donli bug’doy o’simliklari xuddi shunday och qizil donli o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning doni ham och qizil bo’lgan. Lekin birinchi avlod o’simliklaridan urug’ yig’ib olinib, ikkinchi avlod o’simliklari olinganda don rangi bo’yicha ajralish ketgan. F2 o’simliklarining 1/16 qismi to’q qizil donli, 4/16 qismi qizil donli, 6/16 qismi och qizil donli, 4/16 qismi juda och qizil donli va 1/16 qismi oq donli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan va chatishtirishdan keyin olingan o’simliklarning genotipini aniqlang hamda nima uchun F2 da 1:4:6:4:1 nisbatda ajralish ketganligini tushuntirib bering.


144-masala. Tajribalardan birida och qizil donli bug’doy o’simliklari chatishtirilganda keyingi avlodda olingan o’simliklarning hammasi och qizil donli bo’lgan. CHatishtirishdan olingan o’simliklar o’z-o’ziga chatishtirilib, ikkinchi avlod olinganda esa o’simliklarni don rangi bo’yicha kuyidagi fenotipik sinflarga ajratish mumkin bo’lgan: to’q qizil, qizil, och qizil, juda och qizil va oq donli o’simliklar. Bu fenotipik sinflarga kiruvchi o’simliklarning nisbati 1:4:6:4:1 ga teng bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang.


145-masala. Och qizil donli bug’doy o’simliklari oq donli o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 25% i och qizil donli, 50% i juda och qizil donli va 25% i oq donli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang.


146-masala. Qizil boshoqli bug’doy o’simliklari oq boshoqli o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da boshoq rangi bo’yicha xilma-xillik ketgan. Bunda F1 da olingan o’simliklarning 42 tasi qizil va 15 tasi oq boshoqli bo’lgan. Boshqa bir qizil boshoqli o’simliklar yana o’sha oq boshoqli o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 o’simliklari yana xilma-xillik bergan. Bunda F1 o’simliklarining 54 tasi qizil va 18 tasi oq boshoqli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan qizil boshoqli o’simliklar o’zaro chatishtirilganda, F1 o’simliklarining 82 tasi qizil va 5 tasi oq boshoqli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan barcha o’simliklarning genotipini va o’rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini aniqlang.



Download 300.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling