K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston


Download 300.83 Kb.
bet55/76
Sana19.11.2023
Hajmi300.83 Kb.
#1786266
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   76
Bog'liq
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org

164-masala. Qizil ko’zli urg’ochi pashshalar oq ko’zli erkak pashshalar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan pashshalarning hammasi qizil ko’zli bo’lgan. F1 pashshalari oq ko’zli pashshalar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda qanday ko’z rangiga ega bo’lgan pashshalarni olish mumkin?


165-masala. Qizil ko’zli urg’ochi pashshalar qizil ko’zli erkak pashshalar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan pashshalarning 75% i qizil ko’zli va 25% i oq ko’zli bo’lgan. Lekin oq ko’zli pashshalarning hammasi erkak pashshalar bo’lgan. Olingan natijalarni genetik jihatdan izohlab bering. Qizil ko’zli pashshalarning necha foizi erkak pashshalar bo’ladi?


166-masala. Oq ko’zli drozofila pashshalari qizil ko’zli pashshalar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan pashshalarning necha foizi qizil ko’zli va necha foizi oq ko’zli bo’ladi?


167-masala. Oq ko’zli urg’ochi pashshalar qizil ko’zli erkak pashshalar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan urg’ochi pashshalarning hammasi qizil ko’zli va aksincha, erkak pashshalarning hammasi oq ko’zli bo’lgan. Buning sababini tushuntiring.


168-masala. Qizil ko’zli urg’ochi pashshalar qizil ko’zli erkak pashshalar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda oq ko’zli pashshalar chiqmagan. Buni qanday tushuntirish mumkin? Oq ko’zli pashshalar olish uchun mavjud pashshalar bilan qanday chatishtirish o’tkazish kerak?


169-masala. Qizil ko’zli, uzun qanotli drozofila pashshalari o’zaro chatishtirilganda keyingi avlodda quyidagi natijalar olingan:
3/4 qizil ko’zli, uzun qanotli urg’ochi pashshalar;
1/4 qizil ko’zli, kalta qanotli urg’ochi pashshalar;
3/8 qizil ko’zli, uzun qanotli erkak pashshalar;
3/8 oq ko’zli, uzun qanotli erkak pashshalar;
1/8 qizil ko’zli, kalta qanotli erkak pashshalar;
1/8 oq ko’zli, kalta qanotli erkak pashshalar.
O’rganilayotgan belgilar qanday irsiylanadi? CHatishtirish uchun olingan pashshalarning genotipini aniqlang.



Download 300.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling