K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston


Download 300.83 Kb.
bet56/76
Sana19.11.2023
Hajmi300.83 Kb.
#1786266
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   76
Bog'liq
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org

170-masala. Ikkita qizil ko’zli, uzun qanotli pashshalar o’zaro chatishtirilganda keyingi avlodda quyidagi natijalar olingan: 154 ta qizil ko’zli, uzun qanotli urg’ochi pashshalar; 48 ta qizil ko’zli, kalta qanotli urg’ochi pashshalar; 98 ta qizil ko’zli, uzun qanotli erkak pashshalar; 95 ta oq ko’zli, uzun qanotli erkak pashshalar; 25 ta qizil ko’zli, kalta qanotli erkak pashshalar va 32 ta oq ko’zli, kalta qanotli erkak pashshalar. Barcha pashshalarning genotipini aniqlang.


171-masala. Mushuklarda jun rangining qora bo’lishi malla rangi ustidan to’liqsiz dominantlik qiladi. SHu belgini ta’min etuvchi gen allellari X xromosomada joylashgan. Jun rangini ta’min etuvchi genlar bo’yicha geterozigotali mushuklarning juni toshbaqasimon rangda bo’ladi. Lekin bu rangli mushuklar kam uchraydi. Buning sababini tushuntiring.
Toshbaqasimon rangli mushuklar qora erkak mushuklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan mushukchalarning genotipini aniqlang. Agar urg’ochi toshbaqasimon rangli mushuklar erkak malla mushuklar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan mushukchalarning fenotipi qanday bo’ladi?


172-masala. Qora mushuk 4 ta mushukcha tuqqan. Ulardan bittasi toshbaqasimon rangli bo’lib, 3 tasi qora bo’lgan. Bu mushukchalarning otasi bo’lgan mushukning fenotipi haqida nima deyish mumkin? Mushukchalarning jinsini aniqlang.


173-masala. Qora urg’ochi mushuk xuddi shunday erkak mushuk bilan chatishtirilganda 3 ta mushukcha tug’ilgan bo’lib, ularning bittasi toshbaqasimon va ikkitasi qora bo’lgan. Buni genetik jihatdan qanday izohlash mumkin?


174-masala. Ma’lumki, junning toshbaqasimon bo’lishi faqat urg’ochi mushuklarga xos. Lekin, aytishlaricha ba’zan toshbaqasimon erkak mushuklar ham uchraydi. Buni qanday tushuntirish mumkin?


175-masala. Akvariumda boqiladigan baliq zotlaridan birining (guppi) kulrang urg’ochi baliqlari ola-bula erkak baliqlar bilan chatishtirilganda, birinchi avlodda olingan baliqchalarning 50% i urg’ochi bo’lib, ular kulrang bo’lgan, 50% i esa erkak bo’lib, ular ola-bula bo’lgan. F2 va F3 da ham bu natija takrorlangan. Olingan natijalarni izohlang. CHatishtirish uchun olingan dastlabki urg’ochi va erkak baliqlarning genotipini aniqlang.



Download 300.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling