K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston


Download 300.83 Kb.
bet59/76
Sana19.11.2023
Hajmi300.83 Kb.
#1786266
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   76
Bog'liq
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org

187-masala. Odamlarda ter bezining yo’qligi retsessiv belgi sifatida nasldan-naslga o’tadi. Uni ta’min etuvchi gen X xromosomada joylashgan. Bu belgi bo’yicha sog’lom yigit otasi kasal, onasi esa sog’lom qizga uylandi. Bu yangi oilada tug’iladigan o’g’il va qiz bolalarning ter beziga ega bo’lmaslik ehtimoli qanday?


188-masala. Otasi ko’k ko’z, daltonik bo’lgan jigarrang ko’z ayol ko’k ko’z, ranglarni normal ajrata oladigan kishiga turmushga chiqqan. Bu oilada eslatilgan belgilar bo’yicha qanday farzandlar tug’ilish ehtimoli bor?


189-masala. O’rta dengiz aholisi orasida anemiya turlaridan biri – talassemiya bilan kasallanish kuzatiladi va uni ta’min etuvchi gen autosomada joylashgan. Bu genning dominant alleli bo’yicha gomozigotalik sog’lomlikni, geterozigota holati kuchsizroq kasallanishni (kichik talassemiya) va retsessiv gomozigotalik kuchli kasallanishni (katta talassemiya) belgilaydi. Katta talassemiya bolalarda odatda o’limga olib keladi. Daltonik, kichik talassemiya bilan kasallangan ayol ranglarni normal ajratadigan, lekin kichik talassemiya bilan kasallangan erkakka turmushga chiqqan. Bu oilada eslatilgan belgilar bo’yicha qanday fenotipli bolalarning tug’ilish ehtimoli bor?


190-masala*. Daltonik va qon gruppasi AB bo’lgan erkak ranglarni normal ajratuvchi va I qon gruppali ayol bilan turmush qurgan. Ayolning otasi daltonik va A qon gruppasiga ega. Bu oilada ikkita bola tug’ilgan: ranglarni normal ajratuvchi va A qon gruppasiga ega qiz hamda ranglarni normal ajratuvchi va B qon gruppali o’g’il bola. Bu oilaning shajarasini tuzib, barcha oila a’zolarining genotipini ko’rsating. Daltonik farzandlarning tug’ilish ehtimoli qanday? Bolalar ota-onasining qon gruppasiga ega bo’ladimi?
Masalaning yechilishi:
Belgi Gen
daltonik d
ranglarni normal ajratish D
I qon gruppa OO
II qon gruppa AA yoki AO
III qon gruppa BB yoki BO
IV qon gruppa AB
Bu oila a’zolarining shajarasini tuzamiz:
rang. normal daltonik
ajratuvchi II qon gruppa
I qon gruppa
rang. normal daltonik

ajr. I qon gruppa IV qon gruppa

rang. normal rang. normal
ajratuvchi, ajratuvchi,
II qon gruppa III qon gruppa
Ayolning ota-onasi:

ranglarni normal daltonik,


ajr., I qon gruppa III qon gruppa
P ♀ XDXD OO X ♂ XdY AO
g XDO XdA, XdO, YA, YO
F1 XDxd AO – ♀ ranglarni normal ajratadi, II qon gruppa
XDXd OO – ♀ ranglarni normal ajratadi, I qon gruppa
ranglarni normal daltonik,

ajr., I qon gruppa IV qon gruppa


P ♀ XDXd OO X ♂ XdY AB
g XDO , XdO XdA, XdB, YA, YB
F2 XDxd AO – ♀ ranglarni normal ajratadi, II qon gruppa
XDXd BO – ♀ ranglarni normal ajratadi, III qon gruppa
XDY AO – ♂ ranglarni normal ajratadi, II qon gruppa
XDY BO – ♂ ranglarni normal ajratadi, III qon gruppa
Xdxd AO – ♀ daltonik, II qon gruppa
XdXd BO – ♀ daltonik, III qon gruppa
XdY AO – ♂ daltonik, II qon gruppa
XdY BO – ♂ daltonik, III qon gruppa



Download 300.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling