K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston


Download 300.83 Kb.
bet57/76
Sana19.11.2023
Hajmi300.83 Kb.
#1786266
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   76
Bog'liq
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org

176-masala. Oq rangli erkak akvarium baliqlari qizil urg’ochi baliqlar bilan chatishtirilgan. F1 da olingan barcha erkak va urg’ochi baliqchalar qizil rangli bo’lgan. F2 da olingan 117 ta baliqchalar erkak va urg’ochi bo’lishiga qaramay qizil bo’lgan, 43 tasi esa erkak bo’lib, ular oq rangli bo’lgan. Teskari chatishtirish o’tkazilganda esa F1 da olingan 197 ta baliq oq, erkak jinsli va 130 ta baliq qizil, urg’ochi jinsli bo’lgan. Bu belgi qanday irsiylanadi? Baliqlarning genotipini aniqlang.


177-masala. Endi tuxumdan chiqqan jo’jalarning jinsini birdaniga aniqlab bo’lmaydi. CHunki, ularning jinsidan darak beruvchi tashqi belgilar hali yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. Patning qora yoki chipor bo’lishini ta’min etuvchi gen X xromosomada joylashganligi e’tiborga olinsa, jo’jalarning jinsini vaqtliroq aniqlash uchun belgilarning jins bilan birikkan holda irsiylanishi hodisasidan foydalanish mumkinmi?


178-masala. CHipor tovuqlar qora xo’rozlar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan jo’jalarning 1/2 qismi chipor va 1/2 qismi qora patli bo’lgan. Jo’jalarning jinsi aniqlanganda chipor patli jo’jalarning hammasi xo’roz va qora patlilarning hammasi tovuq bo’lib chiqqan. CHatishtirish uchun olingan tovuq va xo’rozlarning hamda jo’jalarning genotipini aniqlang.


179-masala. Kanareykalarda patning yashil bo’lishini B va jigarrang bo’lishini b genlari ta’minlaydi. Har ikala gen X xromosomada joylashgan. YAshil rangli nar kanareykalar jigarrang patli moda kanareykalar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan kanareykalarning 50% i nar va 50% i moda bo’lgan. Har qaysi jinsga mansub qushlarning 50% i yashil va 50% i jigarrang bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan va chatishtirishdan keyin olingan kanareykalarning genotipini aniqlang.


180-masala. Kanareykalarda patning yashil bo’lishini belgilovchi B geni va jigarrang bo’lishini ta’minlovchi b geni jins bilan birikkan holda nasldan - naslga o’tadi. Boshida kokilning bo’lishini belgilovchi C geni va kokilsizlikni belgilovchi c genlari autosomada joylashgan.
1) yashil, kokilli kanareyka xo’rozi jigarrang, kokilsiz kanareykalar bilan chatishtirilganda, F1, F2 va har ikkala FB da qanday natija olish mumkin? Teskari chatishtirish o’tkazilsa-chi?
2) yashil, kokilsiz kanareyka xo’rozi jigarrang, kokilli makiyon bilan chatishtirilganda quyidagi natija olingan: 1 ta jigarrang, kokilli xo’roz; 1 ta jigarrang, kokilsiz; 2 ta yashil, kokilli makiyon kanareykalar olingan. Ota-ona kanareykalarning genotipini aniqlang.
3) har ikkala ota-ona kanareykalar yashil, kokilli bo’lgan. Ularning ikkita jo’jasidan bittasi yashil, kokilli xo’roz va bittasi jigarrang, kokilsiz makiyon bo’lgan. Ota-ona kanareykalarning genotipini aniqlang.



Download 300.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling