K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston
Download 300.83 Kb.
|
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 202-masala*.
200-masala. Makkajo’xori o’simligining digeterozigotali sariq, silliq donli o’simliklari gomozigotali retsessiv oq, burishgan donli o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda 16,2 % oq, silliq donli va sariq, burishgan donli rekombinant o’simliklar olingan. A va B genlari orasidagi masofa qanday krossingover birligiga teng?
201-masala. Drozofila pashshasida tananing kulrang bo’lishi (A) qora bo’lishi (a) ustidan, qanotning uzun bo’lishi (B) kalta bo’lishi (b) ustidan to’liq dominantlik qiladi. A va B genlari bitta xromosomada joylashgan bo’lib, ularning allellari - a va b genlari shu xromosomaning gomologida joylashgan. Kulrang tanali, uzun qanotli digeterozigotali pashshalar o’zaro chatishtirilsa, keyingi avlodda olinadigan pashshalarning genotipi va fenotipi qanday bo’ladi? Ularning nisbati-chi? Digeterozigotali pashshalar retsessiv qora tanali, kalta qanotli pashshalar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan pashshalarning genotipi va fenotipi qanday bo’ladi? 202-masala*. Tajribalarda makkajo’xori o’simligi donining rangi va shaklini ta’min etuvchi A va B genlari o’rtasidagi masofa xromosomada 4,6 krossingover birligiga teng ekanligi aniqlangan. Quyidagi genotipga ega bo’lgan o’simliklar qanday tipdagi gametalarni hosil qiladi va ularning nisbati foiz hisobida qanday bo’ladi? A B ═══ a b Masalaning yechilishi: A B A B a b ═══ = ─── , ─── (krossingoversiz) a b A B A b A b A b a B ═══ → ═×═ → ═══ = ─── , ─── (krossingover natijasida) a b a B a B Makkajo’xori o’simliklari digeterozigotali bo’lganligi uchun ayrim hujayralarda gomologik xromosomalar o’rtasida krossingover ketishi natijasida ular to’rt tipdagi gametalarni hosil qiladi: A B a b A b a B ─── , ─── (normal) va ─── , ─── (krossover) Xromosomada A va B genlari orasidagi masofa 4,6 krossingover birligiga teng bo’lgani uchun krossover gametalarning miqdori ham 4,6% ga teng bo’ladi A B a b yoki ─── tipdagi gametalar 47,7 % ni, ─── tipdagi gametalar ham 47,7% A b a B ni, ─── tipdagi gametalar 2,3 % ni va ─── tipdagi gametalar 2,3 % ni tashkil qiladi. Download 300.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling