226-masala*. SHortgorn zotli yirik shoxli qoramollarda AA genotip qizil, Aa targ’il va aa oq rangni belgilaydi. Bunday zotdagi sigirlar orasida 4169 ta qizil rangli, 3780 ta targ’il va 756 ta oq rangli sigirlar qayd qilingan. A va a allellarining chastotalarini aniqlang.
Masalaning yechilishi:
populyatsiyadagi sigirlarning umumiy sonini (8705) bilgan holda, AA yoki aa genotiplarning chastotasini aniqlab olish mumkin. Masalan: aa = q2 = 756 : 8705 = 0,09. SHunga ko’ra, a allelining chastotasi q = √q2 = √0,09 = 0,3
A allelining chastotasi p = 1 – q = 1 – 0,3 = 0,7 Demak, A allelining uchrash chastotasi 0,7 ga va a allelining chastotasi esa 0,3 ga teng.
227-masala*. yevropa populyatsiyalarida har 20000 odamga 1 ta albinos to’g’ri keladi. Populyatsiyaning genetik tarkibini aniqlang.
Masalaning yechilishi:
albinos fenotipni belgilovchi retsessiv gomozigotali genotipning uchrash chastotasini aa = q2 deb olinsa, aa = q2 = 1 : (20000 +1) = 0,00005 aniqlanadi, a allelining chastotasi q = √q2 = √0,00005 = 0,007 yoki q = 0,007 ga teng bo’ladi. Bunday holda AA genotipning uchrash chastotasi p2 ni topish mumkin: A allelning chastotasi p = 1 – q = 1 – 0,007 = 0,993
AA = p2 = 0,9932 = 0,986049
Aa genotipning uchrash chastotasi (2 pq) = 2 (0,993 x 0,007) = 0,013902.
228-masala*. Makkajo’xori o’simligida albinizm retsessiv belgi sifatida nasldan-naslga o’tadi. Ba’zi navlarning populyatsiyalarida albinos o’simliklar 25:10000 chastota bilan uchraydi. SHu populyatsiyada albinizmga sabab bo’luvchi genning uchrash chastotasini aniqlang.
Masalaning yechilishi:
retsessiv gomozigotali genotipning chastotasini topamiz:
a a = q2 = 25 : (10000 + 25) = 25 : 10025 = 0,002493
a allelning chastotasini topamiz: a = q = √q2 = √0,002493 = 0,0499
a = 0,0499
Do'stlaringiz bilan baham: |