Irsiyatning molekulyar asoslari.
248-masala*. DNK molekulasi zanjirining bir qismida nukleotidlarning joylashish tartibi quyidagicha:
T A G A T s s s G A s A s G A...
DNK molekulasining ana shu zanjiriga komplementar bo’lgan ikkinchi zanjirda nukleotidlarning joylashish tartibi qanday?
Masalaning yechilishi:
DNK molekulasining qo’sh zanjirida A qarshisida T va G qarshisida s joylashgani uchun berilgan molekulaning ikkinchi komplementar zanjiri quyidagicha bo’ladi:
A T s T A G G G s T G T G s T… yoki T A G A T s s s G A s A s G A...
A T s T A G G G s T G T G s T…
249-masala. DNK molekulasi zanjirining birida nukleotidlarning joylashish tartibi quyidagicha:
A G T A s s G A T A s T s G A T T T A s G…
DNK molekulasining ikkinchi zanjirida nukleotidlarning joylashish tartibi qanday?
250-masala. DNK molekulasi ikkita zarjirga ajraldi. Ulardan biri nukleotidlarning quyidagicha joylashish tartibiga ega:
T A G A s T G G T A s A s G T G G T G A A
Ikkinchi zanjir qo’sh zanjirli DNK molekulasi holatiga keltirilganda, zanjirlarda nukleotidlarning joylashish tartibini aniqlang.
251-masala*. Oqsil molekulasining bir qismida aminokislotalar quyidagi tartibda joylashgan:
- valin - leysin – gistidin – serin – izoleysin. SHu oqsil molekulasini kodlovchi genda nukleotidlarning joylashish tartibi qanday?
Masalaning yechilishi:
oqsil molekulasi zanjirida aminokislotalarni kodlovchi tripletlarning – kodonlarning tartibini genetik kod jadvalidan foydalanib yozib chiqamiz:
valin – GUU, leysin – sUU, gistidin – sAU, serin – UTSU, izoleysin – AUU yoki G U U s U U s A U U s U A U U.
SHunga ko’ra berilgan oqsil molekulasining sinteziga javobgar i-RNK molekulasiga mos keluvchi DNK molekulasi zanjirida nukleotidlarning joylashish tartibi quyidagicha:
S A A G A A G T A A G A T A A
G T T s T T s A T T s T A T T
Do'stlaringiz bilan baham: |