K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston
Download 300.83 Kb.
|
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 224-masala*.
- 225-masala*.
223-masala*. 84000 tup javdar o’simligining 210 tupi aa genotipli albinos o’simliklardan tashkil topgan bo’lsa, A va a allellar hamda geterozigotali o’simliklarning chastotalarini aniqlang.
Masala shartiga ko’ra, retsessiv gomozigotali individlarning genotipi aa (q2) ma’lum. Bu yerda a allelining (q) chastotasini topamiz. aa genotipining uchrash chastotasini aa (q2) birliklar bilan ifodalaymiz. Buning uchun barcha o’simliklar sonini 1 ga teng deb olamiz, ya’ni 84000 = 1. U holda aa (q2) genotipning chastotasi: q2 = 210 : 84000 = 0,0025; a allelining chastotasi q = √q2 =√0,0025 = 0,05 p + q = 1 formulasidan foydalanib, A allelining (p) chastotasini aniqlaymiz: p = 1 – q = 1 – 0,05 = 0,95 Geterozigotali o’simliklarning uchrash chastotasi Aa = 2 pq = 2 (0,95 x 0,05) = 0,095. 224-masala*. Odam populyatsiyasi 51% yoki 0,51 chastotada jigarrang ko’zli hamda 49% yoki 0,49 chastotada ko’k ko’zli individlardan tashkil topgan. Mazkur populyatsiyada A va a allellari, AA, Aa genotiplarning uchrash chastotalarini aniqlang (jigarrang ko’z ko’k ko’z ustidan to’liq dominantlik qiladi). Masalaning yechilishi: Xardi-Vaynberg formulasiga muvofiq, ko’k ko’zli aa genotipning uchrash chastotasi aa = q2 = 0,49 ga teng. U holda a allelining uchrash chastotasi q = √q2 = √0,49 = 0,7 ga teng bo’ladi. Allellarning yig’indisi 1 ga tengligini bilgan holda A allelining chastotasi - p aniqlanadi: p = 1 – q = 1 – 0,7 = 0,3 Dominant gomozigotali AA genotipning uchrash chastotasi AA = p2 = 0,32 = 0,09 yoki 9% ga teng. Geterozigotali Aa genotipning uchrash chastotasi Aa = 2 pq = 2 (0,3 x 0,7) = 0,42 yoki 42% ga teng. 225-masala*. Zoti noma’lum bo’lgan itlar populyatsiyasi 245 ta kalta oyoqli va 24 ta normal oyoqli itlardan tashkil topgan. Itlarda kalta oyoqlik (A) oyoqlarning normal uzunlikda bo’lishi (a) ustidan to’liq dominantlik qiladi. SHu populyatsiyada A va a allellarning, shuningdek, AA, Aa va aa genotiplarning uchrash chastotalarini aniqlang. Masalaning yechilishi: normal oyoqli itlar genotipining aa bo’lishini bilgan holda, a allelining chastotasini aniqlash mumkin: aa = q2 deb olib, itlarning populyatsiyadagi umumiy sonini 1 ga teng deb olinsa, u holda aa = 24 : 269 = 0,09 yoki aa genotipning chastotasi 0,09 ga teng ekanligi topiladi, allelning uchrash chastotasi esa q = √q2 = √0,09 = 0,3 ga teng bo’ladi. Dominant A p = 1 – q = 1 – 0,3 = 0,7 ga teng. AA genotipining uchrash chastotasi AA = p2 = 0,72 = 0,49 ga va Aa genotipining uchrash chasyototasi Aa = 2 pq = 2 (0,7 x 0,3) = 0,42 ga teng. Download 300.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling