K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston
Download 300.83 Kb.
|
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 245-masala.
- 247-masala. ye
243-masala. SHaharda aholining qon gruppalari aniqlab chiqilganda 4200 kishidan 1218 tasi M, 882 tasi N va 2100 tasi MN qon gruppasiga ega ekanligi ma’lum bo’lgan. Populyatsiyada allellarning chastotasini aniqlang.
244-masala. Odamlarning uchta populyatsiyasida qon gruppasi M-N tizimi bo’yicha o’rganilganda, quyidagi natijalar olingan: 1. AQSH ning oq tanli aholisining populyatsiyasida M qon gruppasiga ega aholi 29,16% ni, N qon gruppasiga ega aholi 21,26% ni va MN qon gruppali aholi 49,58% ni tashkil qilgan; 2. SHarqiy Grenlandiya eskimoslari populyatsiyasida M qon gruppasiga ega kishilar 83,49% ni, N gruppalilar 0,88% ni va MN gruppalilar 15,64% ni tashkil qilgan; 3. Avstraliyaning tub aholisi populyatsiyasida M gruppalilar 3,0% ni, N gruppalilar 67,4% ni va MN gruppalilar 29,6% ni tashkil qilgan. Har uchchala populyatsiyada M va N allellarning uchrash chastotasini aniqlang. 245-masala. 280000 aholisi bor tumanda retsessiv holda nasldan-naslga o’tadigan kasallik 7 ta bolada aniqlangan. Bu kasallikni belgilovchi retsessiv allelning va uni tashuvchi geterozigotali genotipning chastotasini aniqlang. 246-masala. yevropa shaharlaridan birida qon gruppasining M-N tizimi bo’yicha aholi o’rtasida tekshiruv o’tkazilganda, 11163 kishi MM genotipiga, 15267 kishi MN genotipiga va 5134 kishi NN genotipiga ega ekanligi aniqlangan. O’rganilgan populyatsiyada M va N allellarning chastotasini aniqlang. 247-masala. yer shari aholisi o’rtasida qon gruppasi ABO tizimi bo’yicha to’rt xilda va turli tartibda uchraydi. Ma’lumotlarga ko’ra, Amerika hindularining ko’pchilik qabilalarida qon gruppalari faqat I yoki II bo’ladi. Ayrim qabilalarda esa qon gruppalari I yoki III bo’lar ekan. Agar populyatsiyada kishilar I (OO) va II (AA, AO) qon gruppalariga ega bo’lib, aholining 98% i birinchi qon gruppasiga ega bo’lsa, bu populyatsiyaning genetik tarkibini aniqlang. Agar populyatsiyada kishilar I (OO) va III (BB, BO) qon gruppasiga ega bo’lsa va aholining 83% ida I qon gruppasi kuzatilsa, bu populyatsiyaning genetik tarkibi qanday bo’ladi? Download 300.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling