149-masala*. Ikkita uchburchaksimon mevali jag’-jag’ o’smliklari o’zaro chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 3/4 qismi uchburchaksimon mevali va 1/4 qismi tuxumsimon mevali bo’lgan. SHu o’simliklardan biri boshqa bir uchburchaksimon mevali o’simlik bilan chatishtirilganda esa, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 7/8 qismi uchburchaksimon mevali va 1/8 qismi tuxumsimon mevali bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan barcha o’simliklarning genotipini aniqlang.
Masalaning yechilishi:
Birinchi marta uchburchaksimon mevali jag’-jag’ o’simliklari o’zaro chatishtirilganda F1 da 3:1 nisbatda ajralish ketishi, har ikki o’simlik monogeterozigotali bo’lganligini ko’rsatadi, ya’ni:
P ♀ A1a1a2a2 X ♂ A1a1a2a2
F 1 A1A1a2a2 , A1a1a2a2 , A1a1a2a2 , a1a1a2a2
3 uchburchaksimon 1 tuxumsimon
P ♀ A1a1a2a2 X ♂ a1a1A2a2
F 1 A1a1A2a2 , A1a1a2a2 , a1a1A2a2 , a1a1a2a2
3 uchburchaksimon 1 tuxumsimon
Birinchi marta chatishtirish uchun olingan o’simliklar biri boshqa bir uchburchaksimon mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda 7:1 nisbatda ajralish ketishi keyingi o’simlikning digeterozigotaliligidan dalolat beradi:
P ♀ A1a1a2a2 X ♂ A1a1A2a2
g A1a2, a1a2 A1A2, A1a2, a1A2, a1a2
F1 1. A1A1A2a2 5. A1a1A2a2
2. A1A1a2a2 6. A1a1a2a2
3. A1a1A2a2 7. a1a1A2a2
4. A1a1a2a2 8. a1a1a2a2
Bu yerda 1-7 gacha genotipik sinflarga kiruvchi o’simliklarning mevasi uchburchaksimon va 8- genotipik sinf o’simliklari tuxumsimon mevali bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |