K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston
Download 300.83 Kb.
|
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 109-masala.
- 110-masala.
- 111-masala*.
108-masala. Qizil ko’zli drozofila pashshalari oq ko’zli pashshalar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan pashshalarning 25% ga yaqini qizil ko’zli, 25% ga yaqini och qizil ko’zli, 25% ga yaqini jigarrang ko’zli va 25% ga yaqini oq ko’zli bo’lgan. CHatishtirish va chatishtirishdan keyin olingan pashshalarning genotipini va o’rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini aniqlang. Dastlabki chatishtirish uchun olingan qizil ko’zli urg’ochi va erkak pashshalar chatishtirilsa, ularning keyingi avlodi ko’z rangi bo’yicha qanday fenotiplarga ega bo’ladi? Ularning nisbati-chi?
109-masala. Och qizil ko’zli drozofila pashshasi jigarrang ko’zli pashsha bilan chatishtirilganda, F1 da ko’z rangi bo’yicha xilma-xillik kuzatilgan, ya’ni ularni ko’z rangi bo’yicha qizil ko’zli, och qizil ko’zli, jigarrang ko’zli va oq ko’zli pashshalarga ajratish mumkin bo’lgan. Ularning nisbati 1:1:1:1 ga yaqin bo’lgan. Barcha pashshalarning genotipini aniqlang. 110-masala. Qora quyonlar oq quyonlar bilan chatishtirilganda, birinchi avlodda olingan quyonlarning hammasi kulrang bo’lgan. F1 da olingan kulrang quyonlar o’zaro chatishtirilganda, F2 da olingan quyonlarning 9/16 qismi kulrang, 3/16 qismi qora va 4/16 qismi oq bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan quyonlarning genotipini aniqlang hamda o’rganilayotgan belgining irsiylanishini tushuntirib bering. F1 da olingan kulrang quyonlar chatishtirish uchun olingan oq quyonlar bilan qayta chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan quyonlarning fenotipi qanday bo’ladi? 111-masala*. Sichqonlarda jun rangining kulrang bo’lishi dominant A va B genlarining komplementar ta’siriga bog’liq. A geni mustaqil holda jun rangining qora bo’lishini ta’minlaydi. B geni esa A genining ishtirokisiz junning rangli bo’lishini ta’minlay olmaydi. SHuning uchun genotipida dominant B geni bo’lsa ham sichqonlar oq junli bo’ladi. Bu genlarning retsessiv allellari yig’indisi ham jun rangining oq bo’lishiga sabab bo’ladi. Qora rangli sichqonlar oq rangli sichqonlar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan sichqonlarning hammasi kulrang bo’lgan. F1 sichqonlari o’zaro chatishtirilganda, F2 da olingan sichqonlarning 9/16 qismi kulrang, 3/16 qismi qora va 4/16 qismi oq rangli bo’lgan. Sichqonlarda o’rganilayotgan belgining irsiylanishini tushuntirib bering. CHatishtirish uchun olingan va chatishtirishdan keyin olingan sichqonlarning genotipini aniqlang. F1 da olingan kulrang sichqonlar retsessiv oq sichqonlar bilan chatishtirilsa, keyingi avloddagi sichqonlarning o’rganilayotgan belgi bo’yicha fenotipi qanday bo’ladi? Masalaning yechilishi: Masalada berilganidek, o’rganilayotgan belgining irsiylanishini quyidagicha yozib olamiz: P ♀ qora X ♂ oq F1 kulrang F2 9/16 kulrang; 3/16 qora; 4/16 oq. Masalaning shartidan va olingan natijalardan ko’rinib turibdiki, o’rganilayotgan belgining irsiylanishi eng kamida ikki juft allel bo’lmagan genga bog’liq. Qora sichqonlar bilan oq sichqonlarni chatishtirish natijasi to’liqsiz dominantlikka o’xshab ketadi. Lekin F2 da olingan natija to’liqsiz dominantlik qilishdagidek 1:2:1 nisbatga to’g’ri kelmaydi, balki 9:3:4 nisbatga teng. Bu esa F1 da olingan sichqonlarning digeterozigotaligidan (AaBb) dalolat beradi. SHunga ko’ra, o’rganilayotgan belgining irsiylanishini genetik jihatdan quyidagicha ifodalash mumkin: qora oq 1) P ♀ AAbb X ♂ aaBB g Ab aB F1 AaBb - kulrang kulrang kulrang 2) P ♀ AaBb X ♂ AaBb g AB, Ab, aB, ab AB, Ab, aB, ab F2 9/16 kulrang ( 9 AˍBˍ); 3/16 qora ( 3 Aˍbb); 4/16 oq ( 3 aaBˍ + 1 aabb) SHunday qilib, sichqonlarda jun rangining qora bo’lishi Aˍbb genotipga, oq bo’lishi aaB- yoki aabb genotiplarga va kulrang bo’lishi AˍBˍ genotipga bog’liq. Demak, junning kulrang bo’lishi A va B genlarning komplementar ta’siriga bog’liq. F1 da olingan kulrang sichqonlar retsessiv oq sichqonlar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda quyidagicha natija olish mumkin: kulrang oq P ♀ AaBb X ♂ aabb g AB, Ab, aB, ab ab FB AaBb - kulrang; Aabb - qora; aaBb- oq; aabb- oq FB da 1/4 kulrang, 1/4 qora va 2/4 oq sichqonlar olinadi. Download 300.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling