K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston
Download 300.83 Kb.
|
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org
123-masala*. Makkajo’xori o’simligining ikkita naviga mansub oq donli o’simliklari chatishtirilganda, F1 da olingan o’simliklar qizil donli bo’lgan. F1 o’simliklari oq donli nav o’simliklari bilan qayta chatishtirilganda, keyingi avlodda (FB) oligan o’simliklarning 50% i qizil donli va 50% i oq donli bo’lgan. F1 o’simliklari o’z-o’ziga chatishtirilganda esa F2 da olingan o’simliklarning 9/16 qismi qizil donli va7/16 qismi oq donli bo’lgan. CHatishtirish uchun va chatishtirishdan keyin olingan o’simliklarning genotipini aniqlang.
Masalaning yechilishi: P ♀ oq X ♂ oq F1 qizil Bu olingan natijadan ko’rinib turibdiki, bir xil genotipli organizmlar chatishtirilganda F1 da yangi fenotip rivojlanyapti. Bunday holatni esa biz faqat allel bo’lmagan genlarning komplementar ta’siridagina olishimiz mumkin. SHunga ko’ra, chatishtirish uchun olingan oq donli o’simliklarning genotipida komplementar genlar bo’lgan hamda shu genlar bo’yicha bu o’simliklar gomozigotali bo’lgan. Bunday xulosa chiqarishimizga birinchi avlodda olingan o’simliklarning hammasi faqat qizil donli bo’lganligi asos bo’ladi. Bu dominant genlar mustaqil holda donning rangli bo’lishini ta’minlay olmaydi. O’rganilayotgan belgining irsiylanishini genetik jihatdan quyidagicha ifodalash mumkin: oq oq 1) P ♀ AAbb X ♂ aaBB g Ab aB F1 AaBb - qizil qizil oq 2) P ♀ AaBb X ♂ AAbb g AB, Ab, aB, ab Ab FB AABb - qizil AAbb - oq AaBb - qizil Aabb - oq qizil qizil 3) P ♀ AaBb X ♂ AaBb g AB, Ab, aB, ab AB, Ab, aB, ab F2 9/16 qizil ( 9 AˍBˍ); 7/16 oq ( 3 Aˍbb + 3 aaBˍ + 1 aabb) 124-masala. Ikkita navga mansub oq donli makkajo’xori o’simliklari chatishtirilganda, birinchi avlodda olingan o’simliklarning hammasi qizil donli bo’lgan. Bunday duragay o’simliklar boshqa navga mansub oq donli makkajo’xori o’simliklari bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 3/4 qismi oq donli va 1/4 qismi qizil donli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan barcha o’simliklarning genotipini aniqlang. O’rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini tushuntirib bering. Download 300.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling