K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston
Bir gen allellarining o’zaro ta’sirida belgilarning irsiylanishi
Download 300.83 Kb.
|
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monoduragay chatishtirish. To’liq dominantlik hodisasi. 1-masala
Bir gen allellarining o’zaro ta’sirida belgilarning irsiylanishi.
Hozirgi zamon genetika fanining Mendel yaratgan genetik tahlil metodini turli biologik ob’ektlarda qo’llash natijasida olingan dalillariga asoslanib, bir gen allellarining o’zaro ta’sir etib faoliyat ko’rsatishining quyidagi tiplari - to’liq dominantlik, to’liqsiz (chala) dominantlik, kodominantlik va ko’p allellik hodisalari aniqlandi. Endi ana shu tiplarning har biriga doir masalalar bilan tanishib chiqamiz. Monoduragay chatishtirish. To’liq dominantlik hodisasi. 1-masala. Quyidagi genotipga ega bo’lgan organizmlar qanday tipdagi gametalarni hosil qiladi? Ularning genotip bo’yicha gomozigotali yoki geterozigotali ekanligini aniqlang. a) BB b) Bb v) bb 2-masala. No’xat o’simligida donning sariq rangi (B) yashil rangi (b) ustidan to’liq dominantlik qiladi. Quyidagi genotipga ega bo’lgan o’simliklarni chatishtirishdan olingan keyingi avlod o’simliklarining genotip va fenotiplarini aniqlang: a) BB x bb b) Bb x bb v) BB x Bb g) Bb x Bb 3-masala*. Donining rangi sariq bo’lgan gomozigotali no’xat o’simliklari yashil donli o’simliklar bilan chatishtirilganda F1 va F2 o’simliklarining genotipi va fenotipini hamda F1 o’simliklarini sariq donli va yashil donli o’simliklar bilan qayta chatishtirishdan olingan FB o’simliklarning genotipi va fenotipini aniqlang. Masalaning yechilishi: Belgi Gen Donning sariq rangi B Donning yashil rangi b Donining rangi sariq bo’lgan gomozigotali ona organizmning genotipini BB bilan belgilaymiz. YAshil donli retsessiv gomozigotali ota organizmning genotipini bb bilan belgilaymiz. Ota-ona organizmlarni o’zaro chatishtiramiz. sariq donli yashil donli P ♀ BB X ♂ bb g B b F1 Bb - sariq donli Sariq rangni rivojlantiruvchi B geni yashil rangni rivojlantiruvchi retsessiv alleli - b ustidan to’liq dominantlik qilishi sababli F1 da olingan barcha duragaylarning doni sariq rangda bo’ladi. F1 duragaylari geterozigota (Bb) hisoblanadi. Endi F1 duragaylarni o’z-o’zidan changlantirib, ikkinchi avlod (F2) duragaylarini olamiz. sariq donli sariq donli P ♀ Bb X ♂ Bb g B, b B, b F 2 BB, Bb, Bb bb 3 1
F2 da o’rganilayotgan belgi bo’yicha ajralish sodir bo’ladi. F2 da ikkita fenotipik sinf hosil bo’ladi - sariq donli va yashil donli o’simliklar. Ularning nisbati 3 : 1. F2 da 3 ta genotipik sinf hosil bo’ladi: - dominant gomozigotali BB sinf; - geterozigotali Bb sinf; - retsessiv gomozigotali bb sinf. Genotipik sinflar nisbati 1 : 2 : 1 Fenotipik sinflar nisbati 3 : 1 Agar F1 duragaylarini har ikki ota-ona bilan chatishtirsak: sariq donli sariq donli P ♀ Bb X ♂ BB g B, b B FB BB, Bb sariq donli sariq donli Nisbat 1 : 0 sariq yashil F1 duragaylarini dominant gomozigotali ota-onadan biri bilan chatishtirsak, u holda FB da faqat sariq donli duragaylar olinadi. Dominant ota-ona bilan bo’ladigan chatishtirish F1 duragaylarning genotipini aniqlab bermaydi. Agar F1 duragaylarini retsessiv gomozigotali, ya’ni yashil donli ota-onadan biri bilan chatishtirsak, u holda sariq donli yashil donli P ♀ Bb X ♂ bb g B, b b FB Bb bb sariq yashil Nisbat 1 : 1 Qayta chatishtirishning bu formasi F1 duragaylarning genotipini aniqlab beradi. Download 300.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling