K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston
Download 300.83 Kb.
|
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org
4-masala*. Kulrang tanali drozofila pashshalari o’zaro chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan pashshalarning hammasi kulrang tanali bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan pashshalarning genotipini aniq aniqlash mumkinmi? Aniq aniqlash uchun qanday chatishtirish o’tkazish kerak? (Drozofila pashshasida tananing kulrang bo’lishi - B qora bo’lishi - b ustidan to’liq dominantlik qiladi).
Masalaning yechilishi: Aniq aniqlash mumkin emas. CHunki, dominant belgili organizmlar, shu jumladan, kulrang tanali pashshalar ikki xil genotipga ega bo’ladi, ya’ni BB yoki Bb. Masala shartidagi kulrang pashshalarning har ikkalasi gomozigotali yoki ulardan biri geterozigotali bo’lsa ham keyingi bo’g’inda tana rangi bo’yicha ajralish ketmaydi. Ularning genotipini o’rganilayotgan belgi bo’yicha aniq aniqlash uchun tahliliy chatishtirish, ya’ni qora tanali pashshalar bilan qayta chatishtirish o’tkazish kerak. kulrang kulrang kulrang kulrang 1) P ♀ BB X ♂ BB 2) P ♀ BB X ♂ Bb g B B g B B, b F1 BB - kulrang F1 BB – kulrang, Bb - kulrang kulrang kulrang kulrang qora 3) P ♀ Bb X ♂ BB 4) P ♀ BB X ♂ bb g B, b B g B b F1 BB - kulrang F1 Bb – kulrang Bb - kulrang kulrang qora 5) P ♀ Bb X ♂ bb g B, b b F1 Bb - kulrang, bb - qora Kulrang tanali pashshalar qora tanali pashshalar bilan chatishtirilganda, keyingi bo’g’inda faqat kulrang tanali pashshalar olinsa, Mendelning birinchi qonuniga ko’ra kulrang pashshalar genotip bo’yicha gomozigotali (BB), agar ajralish ketib kulrang va qora tanali pashshalar olinsa, geterozigotali (Bb) bo’ladi. 5-masala. Drozofila pashshasi qanotining uzun bo’lishini dominant A geni va kalta bo’lishini retsessiv a geni ta’minlaydi. Gomozigotali uzun qanotli pashshalar kalta qanotli pashshalar bilan chatishtirilganda, F1 pashshalarining qanoti qanday bo’ladi? F1 da olingan urg’ochi va erkak pashshalar o’zaro chatishtirilsa, F2 da olinadigan pashshalarning genotipi va fenotipi qanday bo’ladi? F1 pashshalari uzun va kalta qanotli pashshalar bilan qayta chatishtirilsa-chi? Download 300.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling