K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston
Download 300.83 Kb.
|
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org
6-masala. Uzun qanotli pashshalar chatishtirilganda keyingi bo’g’inda olingan pashshalarning hammasi uzun qanotli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan pashshalarning genotipini aniq aniqlash mumkinmi? Aniq aniqlash uchun qanday chatishtirish o’tkazish kerak?
7-masala. Tut ipak qurtining tuxumlarida po’stlog’ining kulrang bo’lishi oq rangi ustidan to’liq dominantlik qiladi. Tuxumlari kulrang bo’lgan ipak qurtining urg’ochi kapalaklari oq rangli tuxumlardan chiqqan erkak kapalaklar bilan chatishtirilganda, birinchi avlodda olingan kapalaklar kulrang tuxumlar qo’ygan. Birinchi avlod kapalaklari o’zaro chatishtirilganda esa ikkinchi avlodda olingan kapalaklar qo’ygan tuxumlarning 75% i kulrang va 25% i oq rangda bo’lgan. Birinchi avlodda olingan kapalaklar dastlabki chatishtirish uchun olingan kapalaklar bilan qayta chatishtirilsa, keyingi avlodda o’rganilayotgan belgining irsiylanishi bo’yicha qanday natija olish mumkin? 8-masala*. Pomidor o’simligida mevasining qizil rangda bo’lishi sariq rangi ustidan to’liq dominantlik qiladi. Qizil mevali pomidor o’simliklari sariq mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda F1 da olingan o’simliklarning hammasi qizil mevali bo’lgan. F2 da olingan o’simliklarning 520 tasi qizil va 174 tasi sariq mevali bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan o’simliklarning va F1, F2 o’simliklarning genotipini aniqlang. F1 o’simliklari gomozigotali qizil mevali va sariq mevali o’simliklar bilan chatishtirilsa, FB da o’rganilayotgan belgining irsiylanishi bo’yicha qanday natija olish mumkin? Masalaning yechilishi: Belgi Gen Qizil rang A Sariq rang a qizil sariq P ♀ AA X ♂ aa g A a F1 Aa - qizil rangli pomidor qizil qizil P ♀ Aa X ♂ Aa g A, a A, a F1 AA - qizil rangli pomidor Aa - qizil rangli pomidor Aa - qizil rangli pomidor aa - sariq rangli pomidor Nisbat 3 : 1 Masala shartiga ko’ra F2 da 520 ta qizil rangli pomidor va 174 ta sariq rangli pomidorlar olingan. Olingan bu raqamlarning 3 : 1 nisbatga to’g’ri kelishini tekshirib ko’ramiz. Hamma pomidorlar soni 520 + 174 = 694. Bu raqamni 4 ga bo’lib bir qismini topamiz: 694 : 4 = 173,5. Nazariy jihatdan qizil rangli pomidorlar 173,5 x 3 = 520,5. Sariq rangli pomidorlar 173,5 x 1 = 173,5. Demak, olingan faktik sonlar nazariy kutilgan sonlarga to’g’ri keladi. F1 duragaylarini har ikki ota-ona bilan qayta chatishtiramiz: qizil qizil P ♀ Aa X ♂ AA g A, a A Fv AA - qizil rangli pomidor Aa - qizil rangli pomidor Olingan bekkross duragaylarning barchasi qizil rangli pomidorlar bo’lgan. Sariq rangli pomidorlar olinmagan. Nisbat 1 : 0 qizil sariq P ♀ Aa X ♂ aa g A, a a Fv Aa - qizil rangli pomidor, aa - sariq rangli pomidor Olingan bekkross duragaylarning 50 foizi qizil rangli pomidorlar, 50 foizi sariq rangli pomidorlar. Nisbat 1 : 1. Download 300.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling