K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston


Download 300.83 Kb.
bet5/76
Sana19.11.2023
Hajmi300.83 Kb.
#1786266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org

9-masala*. Pomidor o’simligida mevaning tuksiz bo’lishi tukli bo’lishi ustidan to’liq dominantlik qiladi. Tuksiz mevali pomidor o’simliklari tukli mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 50% i tukli mevaga va 50% i tuksiz mevaga ega bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang.
Masalaning yechilishi:
Tuksiz mevali pomidor o’simliklari tukli mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda keyingi avlodda 1 : 1 nisbatda ajralish ketishi tuksiz mevali o’simliklar genotip bo’yicha monogeterozigotali (Aa) bo’lganligidan dalolat beradi. (A- tuksiz mevali pomidor; a- tukli mevali pomidor)
tuksiz tukli
P ♀ Aa X ♂ aa
g A, a a
F1 Aa - tuksiz, aa - tukli


10-masala*. Tuksiz mevali pomidor o’simliklaridan urug’ yig’ib olinib, ular ekilganda, urug’lardan unib chiqqan o’simliklarning 75% i tuksiz va 25% i tukli mevaga ega bo’lgan. Boshlang’ich tuksiz mevali o’simliklarning genotipi qanday bo’lgan? Tuksiz mevali o’simliklarning keyingi avlodda ajralish bermaydiganlarini qanday ajratib olish mumkin?
Masalaning yechilishi:
Tuksiz mevali o’simliklar urug’idan unib chiqqan o’simliklarning 75% i tuksiz va 25% i tukli mevali bo’lishi o’rganilayotgan belgi bo’yicha 3 : 1 nisbatda ajralish ketganligidan dalolat beradi. Bunday nisbatda ajralish Mendelning ikkinchi qonuniga ko’ra boshlang’ich o’simliklarning monogeterozigotali ekanligini ko’rsatadi.
tuksiz tuksiz
P ♀ Aa X ♂ Aa
g A, a A, a
F1 AA - tuksiz
Aa - tuksiz
Aa - tuksiz
aa - tukli Nisbat 3 : 1
Keyingi avlodda ajralish bermaydigan o’simliklarni ajratib olish uchun har bir o’simlikdan urug’ alohida yig’ib olinib, keyingi yili ekib o’rganiladi. Ajralish bermaganlari tanlab olinadi. YOki tahliliy chatishtirish o’tkaziladi ( tuksiz x tukli).


11-masala. Qizil mevali pomidor o’simliklari sariq mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 1/2 qismi qizil mevali va 1/2 qismi sariq mevali bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang.

Download 300.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling