K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston
Download 300.83 Kb.
|
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 148-masala*.
147-masala. Bug’doy o’simligining don rangi bo’yicha farqlanuvchi namunalarini chatishtirishdan olingan natijalarni genetik jihatdan izohlang:
1. R qizil donli x oq donli F1 3/4 qizil donli : 1/4 oq donli 2. R qizil donli x qizil donli F1 7/8 qizil donli : 1/8 oq donli. 148-masala*. Jag’-jag’ o’simligida mevasining shakli uchburchaksimon va tuxumsimon bo’ladi. Uchburchaksimon mevali o’simliklar tuxumsimon mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o’simliklarning hammasi uchburchaksimon mevali bo’lgan. F2 da esa olingan o’simliklarning 15/16 qismi uchburchaksimon mevali va 1/16 qismi tuxumsimon mevali bo’lgan. O’rganilayotgan belgining irsiylanishini tushuntirib bering. F1 da olingan o’simliklarni tuxumsimon mevali o’simliklar bilan qayta chatishtirilsa, keyingi avlodda qanday mevali o’simliklar olish mumkin? Masalaning yechilishi: Uchburchaksimon mevali o’simliklar tuxumsimon mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda F1 da uchburchaksimon mevali o’simliklarning olinishi, mevaning uchburchaksimon shakli tuxumsimon shakli ustidan dominantlik qilishini ko’rsatadi. F2 da 15:1 nisbatda ajralish ketishi esa F1 o’simliklarining digeterozigotaliligidan dalolat beradi. SHunga ko’ra, o’rganilayotgan belgining irsiylanishini quyidagicha izohlash mumkin: uchburchaksimon tuxumsimon P ♀ A1A1A2A2 X ♂ a1a1a2a2 F1 A1a1A2a2 - uchburchaksimon uchburchaksimon uchburchaksimon P ♀ A1a1A2a2 X ♂ A1a1A2a2 g A1A2, A1a2, a1A2, a1a2 A1A2, A1a2, a1A2, a1a2 F 2 1. A1A1A2A2 - 1 uchburchaksimon 2. A1A1A2a2 - 2 uchburchaksimon 3. A1a1A2A2 - 2 uchburchaksimon 4. A1a1A2a2 - 4 uchburchaksimon 15 uchburchaksimon 5. A1A1a2a2 - 1 uchburchaksimon 6. A1a1a2a2 - 2 uchburchaksimon 7. a1a1A2A2 - 1 uchburchaksimon 8. a1a1A2a2 - 2 uchburchaksimon 9. a1a1a2a2 - 1 tuxumsimon 1 tuxumsimon Jag’-jag’ o’simligida mevasining uchburchaksimon shaklda bo’lishi allel bo’lmagan dominant genlarning o’zaro ta’siriga bog’liq. Meva uchburchaksimon bo’lishi uchun genotipda shu dominant genlardan bittasi bo’lsa kifoya. F1 o’simliklari tuxumsimon mevali o’simliklar bilan chatishtirilsa, quyidagi natijani olish mumkin: uchburchaksimon tuxumsimon P ♀ A1a1A2a2 X ♂ a1a1a2a2 FB A1a1A2a2 , A1a1a2a2 , a1a1A2a2 , a1a1a2a2 3 uchburchaksimon 1 tuxumsimon Download 300.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling