154-masala. Faraz qilaylik, suli o’simligida don massasi uch juft allel bo’lmagan genlarga (A1, A2 va A3) bog’liq. Uning bitta gomozigotali navi 4 g, ikkinchisi esa 10 g don bersa, ularni chatishtirilganda olingan F1 va F2 o’simliklarida don massasi qanchadan bo’ladi?
155-masala. Makkajo’xori o’simligida poyaning uzunligi to’rt juft polimer gen orqali belgilanadi. SHu genlarning genotipda retsessiv holatda bo’lishi poya uzunligining 40 sm bo’lishini, ularning dominant gomozigota holatda bo’lishi esa 320 sm bo’lishini ta’minlaydi. Quyidagi genotipga ega jo’xori o’simliklari chatishtirilsa, ota-ona o’simliklarning hamda F1 va F2 da olingan o’simliklar bo’yining o’rtacha uzunligini aniqlang: A1A1A2A2A3A3a4a4 x a1a1a2a2a3a3A4A4.
156-masala*. Odamlarda terining qora rangi uch juft dominant noallel genlar tomonidan, oq rangi esa uch juft retsessiv allellar tomonidan boshqariladi. Bu polimer genlar kumulyativ effektga ega. Agar qora rangli afrikalik negr yevropalik qizga uylansa, ularning oilasida tug’iladigan bolalar – mulatlarning teri rangi jigarrang bo’ladi.
oq tanli negr, qora tanli
P ♀ a1a1a2a2a3a3 X ♂ A1A1A2A2A3A3
g a1a2a3 A1A2A3
F1 A1a1A2a2A3a3 – mulat, terisi jigarrang.
Agar shunday mulat yigit oq tanli qizga uylansa, ularning bolalarida teri rangi qanday bo’ladi?
Masalaning yechilishi:
oq tanli negr, qora tanli
P ♀ a1a1a2a2a3a3 X ♂ A1a1A2a2A3a3
g a1a2a3 A1A2A3, A1A2a3, A1a2A3, a1A2A3,
A1a2a3, a1A2a3, a1a2A3, a1a2a3
F2 A1a1A2a2A3a3 – mulat, terisi jigarrang
A1a1A2a2a3a3 - terisi och jigarrang
A1a1a2a2A3a3 - terisi och jigarrang
a1a1A2a2A3a3 - terisi och jigarrang
A1a1a2a2a3a3 - terisi bug’doy rang
a1a1A2a2a3a3 - terisi bug’doy rang
a1a1a2a2A3a3 - terisi bug’doy rang
a1a1a2a2a3a3 - terisi oq rang.
Do'stlaringiz bilan baham: |