K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston
Download 300.83 Kb.
|
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 188-masala.
- 190-masala*.
187-masala. Odamlarda ter bezining yo’qligi retsessiv belgi sifatida nasldan-naslga o’tadi. Uni ta’min etuvchi gen X xromosomada joylashgan. Bu belgi bo’yicha sog’lom yigit otasi kasal, onasi esa sog’lom qizga uylandi. Bu yangi oilada tug’iladigan o’g’il va qiz bolalarning ter beziga ega bo’lmaslik ehtimoli qanday?
188-masala. Otasi ko’k ko’z, daltonik bo’lgan jigarrang ko’z ayol ko’k ko’z, ranglarni normal ajrata oladigan kishiga turmushga chiqqan. Bu oilada eslatilgan belgilar bo’yicha qanday farzandlar tug’ilish ehtimoli bor? 189-masala. O’rta dengiz aholisi orasida anemiya turlaridan biri – talassemiya bilan kasallanish kuzatiladi va uni ta’min etuvchi gen autosomada joylashgan. Bu genning dominant alleli bo’yicha gomozigotalik sog’lomlikni, geterozigota holati kuchsizroq kasallanishni (kichik talassemiya) va retsessiv gomozigotalik kuchli kasallanishni (katta talassemiya) belgilaydi. Katta talassemiya bolalarda odatda o’limga olib keladi. Daltonik, kichik talassemiya bilan kasallangan ayol ranglarni normal ajratadigan, lekin kichik talassemiya bilan kasallangan erkakka turmushga chiqqan. Bu oilada eslatilgan belgilar bo’yicha qanday fenotipli bolalarning tug’ilish ehtimoli bor? 190-masala*. Daltonik va qon gruppasi AB bo’lgan erkak ranglarni normal ajratuvchi va I qon gruppali ayol bilan turmush qurgan. Ayolning otasi daltonik va A qon gruppasiga ega. Bu oilada ikkita bola tug’ilgan: ranglarni normal ajratuvchi va A qon gruppasiga ega qiz hamda ranglarni normal ajratuvchi va B qon gruppali o’g’il bola. Bu oilaning shajarasini tuzib, barcha oila a’zolarining genotipini ko’rsating. Daltonik farzandlarning tug’ilish ehtimoli qanday? Bolalar ota-onasining qon gruppasiga ega bo’ladimi? Masalaning yechilishi: Belgi Gen daltonik d ranglarni normal ajratish D I qon gruppa OO II qon gruppa AA yoki AO III qon gruppa BB yoki BO IV qon gruppa AB Bu oila a’zolarining shajarasini tuzamiz: rang. normal daltonik ajratuvchi II qon gruppa I qon gruppa rang. normal daltonik ajr. I qon gruppa IV qon gruppa rang. normal rang. normal
ranglarni normal daltonik, ajr., I qon gruppa III qon gruppa P ♀ XDXD OO X ♂ XdY AO g XDO XdA, XdO, YA, YO F1 XDxd AO – ♀ ranglarni normal ajratadi, II qon gruppa XDXd OO – ♀ ranglarni normal ajratadi, I qon gruppa ranglarni normal daltonik, ajr., I qon gruppa IV qon gruppa P ♀ XDXd OO X ♂ XdY AB g XDO , XdO XdA, XdB, YA, YB F2 XDxd AO – ♀ ranglarni normal ajratadi, II qon gruppa XDXd BO – ♀ ranglarni normal ajratadi, III qon gruppa XDY AO – ♂ ranglarni normal ajratadi, II qon gruppa XDY BO – ♂ ranglarni normal ajratadi, III qon gruppa Xdxd AO – ♀ daltonik, II qon gruppa XdXd BO – ♀ daltonik, III qon gruppa XdY AO – ♂ daltonik, II qon gruppa XdY BO – ♂ daltonik, III qon gruppa Download 300.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling