K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston


Noallel genlar o’zaro ta’sirining polimeriya tipi


Download 300.83 Kb.
bet46/76
Sana19.11.2023
Hajmi300.83 Kb.
#1786266
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   76
Bog'liq
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org

Noallel genlar o’zaro ta’sirining polimeriya tipi.
Organizmlarda morfologik-sifat belgilardan tashqari yana shunday belgilar ham borki, masalan, o’simliklarning bo’yi, paxta tolasining chiqishi, paxta tolasining uzunligi, hayvonlarning tirik vazni, qoramollardan sog’ib olinadigan sutning miqdori va uning yog’liligi kabi belgilarni aniq fenotipik sinflarga ajratib bo’lmaydi, ularni tortish, o’lchash, sanash, ya’ni miqdor jihatdan baholash kerak bo’ladi. Bunday belgilar odatda miqdor belgilar deb yuritiladi. Miqdor belgilar qanday irsiylanadi?
Miqdor belgilarning irsiylanishini nazorat qiluvchi genlar polimer genlar deb ataladi, chunki ular rivojlanayotgan bitta belgiga bir xil effektda ta’sir ko’rsatadi. Ular bosh harflar bilan belgilanib, har bir gen allellari indekslar bilan belgilanadi. Masalan, bitta belgining nazorat qilinishida 3 ta allel bo’lmagan genlar ishtirok etayotgan bo’lsa, ularni quyidagicha belgilaymiz: A1, A2, A3. Nafaqat miqdor belgilar, balki morfologik - sifat belgilar ham polimer tipda irsiylanishi mumkin.
142*-masala. Bug’doy o’simligida donning rangli bo’lishi ikki juft allel bo’lmagan dominant genlarga bog’liq. Donning to’q qizil rangi A1A1A2A2 genotipga, qizil bo’lishi A1A1A2a2 va A1a1A2A2 genotiplarga, och qizil bo’lishi A1A1a2a2, a1a1A2A2, A1a1A2a2 genotiplarga, juda och qizil bo’lishi A1a1a2a2, a1a1A2a2 genotiplarga va oq bo’lishi a1a1a2a2 genotipga bog’liq. Quyidagi genotipga ega bo’lgan bug’doy o’simliklarini chatishtirilganda keyingi avlodda olinadigan o’simliklarning genotipini va fenotipini hamda ularning nisbatini aniqlang:
1) A1a1A2A2 x a1a1a2a2; 2) A1a1a2a2 x a1a1A2a2; 3) A1a1A2a2 x A1a1A2a2.
Masalaning yechilishi:

1) P ♀ A1a1A2A2 X ♂ a1a1a2a2


g A1A2, a1A2 a1a2
F1 A1a1A2a2 , a1a1A2a2
1 och qizil 1 juda och qizil
2) P ♀ A1a1a2a2 X ♂ a1a1A2a2
g A1a2, a1a2 a1A2, a1a2
F1 A1a1A2a2 , A1a1a2a2 , a1a1A2a2 , a1a1a2a2
1 och qizil 2 juda och qizil 1 oq
3) P ♀ A1a1A2a2 X ♂ A1a1A2a2

g A1A2, A1a2, a1A2, a1a2 A1A2, A1a2, a1A2, a1a2


F1 1. A1A1A2A2 = 1 to’q qizil 1 to’q qizil
2. A1A1A2a2 = 2 qizil
3. A1a1A2A2 = 2 qizil 4 qizil
4. A1a1A2A2 = 4 och qizil
5. A1A1a2a2 = 1 och qizil 6 och qizil
6. a1a1A2A2 = 1 och qizil
7. A1a1a2a2 = 2 juda och qizil 4 juda och qizil
8. a1a1A2a2 = 2 juda och qizil
9. a1a1a2a2 = 1 oq 1 oq



Download 300.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling