K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston
Populyatsiyalar genetikasi
Download 300.83 Kb.
|
K. S. Sodiqova Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston-fayllar.org
Populyatsiyalar genetikasi.
Populyatsiyalar genetikasi – umumiy genetikaning muhim bir yo’nalishi. Ma’lumki, tur ichidagi eng kichik birlik populyatsiya hisoblanadi. Tabiatda bo’lib turadigan mutatsiyalar va ularning kombinatsiyalari populyatsiya genetik tarkibining o’zgarishini belgilaydi. Barcha tabiiy populyatsiyalar geterogen bo’lib, mutatsiyalar bilan to’yingan bo’ladi. Har qanday populyatsiyaning genetik geterogenligi tashqi omillarning ta’zyiqi bo’lmagan vaqtda ma’lum bir muvozanatda bo’ladi. Populyatsiyalar genetikasining asoslaridan biri bu – Xardi-Vaynberg qonuni hisoblanadi. Bu qonunning mohiyati shundaki, erkin chatishuvchi o’simlik va hayvonlarda gen allellarining boshlang’ich nisbati keyingi qator avlodlarda saqlanib qoladi (albatta bunda mutatsiya, tanlash, organizmlarning migratsiyasi va genlar dreyfi hisobga olinmagan). Qandaydir bir populyatsiyada bir genning allellari bo’yicha gomozigotali (AA va aa) individlar soni bir xil. Agar bu allellarni o’zida saqlovchi individlar o’zaro erkin chatishadigan (panmiksiya) bo’lsa, u holda quyidagicha holat yuz beradi:
Dalillar populyatsiyaning ushbu avlodida gomozigotalar AA va aa 0,25 chastota bilan, geterozigotalar Aa – 0,50 chastota bilan uchraydi. Bu nisbat keyingi avlodda ham saqlanadi: a retsessiv allelli gameta 0,5 chastota (0,25 aa gomozigotadan + 0,25 geterozigota Aa dan) bilan, dominant A allelli gameta ham 0,5 chastota ( 0,25 AA gomozigotadan + 0,25 Aa geterozigotadan) bilan uchraydi. Agar tashqaridan biror ta’sir bo’lmasa, bu nisbat barcha keyingi avlodlarda o’zgarishsiz saqlanib qoladi. Ma’lumki, aksariyat hollarda populyatsiyada AA va aa gomozigotalar har xil sonda uchraydi, masalan, bir populyatsiyada bir genning allellari 0,7a va 0,3A holatda uchraydi, u holda:
SHunday qilib, avlodda har 100 ta zigotaning 9 tasi AA gomozigotali; 49 tasi aa gomozigotali va 42 tasi Aa geterozigotali bo’ladi. Keyingi avlodda A allelli gametalar 0,3 chastota bilan (0,09 AA gomozigotadan + 0,21 Aa geterozigotadan); a allelli gametalar 0,7 chastota bilan (0,49 aa gomozigotadan + 0,21 Aa geterozigotadan) bilan takrorlanadi. Agar dominant A allelni p bilan, retsessiv a allelni q bilan belgilasak, u holda p + q = 1. Populyatsiyada allellarning yig’indisi 100 foiz yoki 1 ga teng. Bu formula yordami bilan allellar chastotasini aniqlash mumkin bo’ladi. Masalan, yuqorida keltirilgan misolda A allel yoki p 0,3 chastota bilan uchrasa, formula yordamida a allel yoki q ning chastotasini ham aniqlashimiz mumkin: p + q = 1. q = 1 – p; q = 1 – 0,3 = 0,7; a = q = 0,7 chastota bilan uchraydi. Xardi va Vaynberg tomonidan yaratilgan ikkinchi formula yordami bilan populyatsiyada tarqalgan genotiplarning uchrash chastotalarini aniqlash imkonini beradi. YUqorida keltirilgan misolga qaytamiz:
Bu yerdan ikkinchi formulani keltirib chiqaramiz: p2 + 2 pq + q2 = AA + 2 Aa + aa = p2 (0,3)2 + 2 pq = 2 (0,3 x 0,7) + q2 (0,7)2 = AA + 2 Aa + aa = p2(0,09) + 2 pq (2 x 0,21) + q2 (0,49) = AA + 2 Aa + aa = p2 + 2 pq + q2 = 0,09 + 0,42 + 0,49 yoki AA + 2 Aa + aa = 9 + 42 + 49 Dominant AA gomozigota 0,09 chastota yoki 9 foiz bilan, geterozigota Aa 0,42 chastota yoki 42 foiz bilan, retsessiv gomozigota aa 0,49 chastota yoki 49 foiz bilan populyatsiyada uchraydi. Download 300.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling