K213orxonalarni tasis etish va ro’ixatga olish tartibi
Download 37.09 Kb.
|
K213orxonalarni tasis etish va ro’ixatga olish tartibi Korxona, odatda, mulk egasi yoki uning vakili bo’lgan tashkilot, korxona, muassasa qarori bilan, yo bo’lmasa, jamoa qarori bilan tasis etiladi. Korxona mulki egasi rozi bo’lgan holda va korxona tomonidan avval olingan majburiyatlarini bajargan holda, tashkilotlarning bir yoki bir necha bo’linmasi shu bo’linma jamoasi qarori bilan ajralib chiqishi mumkin. Korxonani tasis etish va uning faoliyat yuritishi uchun er maydoni ajratish, zarur bo’lgan holda tabiiy resurslardan foydalanish uchun ruxsat tuman yoki shahar hokimligi tomonidan beriladi. Korxona davlat ro’yxatidan o’tgan kundan boshlab tasis etilgan va yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan xisoblanadi. Davlat ro’yxatidan o’tish tuman, shahar hokimiyatlarida amalga oshiriladi. Korxona davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida o’n kun muddat ichida moliya vazirligiga yagona davlat ro’yxatiga kiritish maqsadida axborot beriladi. Korxona davlat ro’yxatidan o’tishi uchun hokimiyatga uni tasis etish to’g’risida qaror, korxona nizomi va boshqa hujjatlar taqdim etiladi. Agar korxona uch kun muddatda ro’yxatdan o’tkazilmasa, yoki ro’yxatdan o’tish rad qilingan taqdirda, tasischi rad etish asoslanmagan deb hisoblagan holda u sudga murojaat etishi mumkin. Korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun qonunda ko’rsatilgan miqdorda badal olinadi. To’plangan mablag’lar korxona ro’yxatdan o’tgan shahar, tuman byudjetiga o’tkaziladi. Yangi tasis etilgan korxona yuridik shaxs hisoblanadi, o’z shohobchasini ochish, shuningdek joriy hisob raqamiga ega bo’lgan boshqa tashkiliy birliklar tasis etish huquqiga ega bo’ladi.
Bunday bo’linmalar va korxonalarni joylashtirish masalasi mahalliy hokimiyatlar bilan belgilangan tartibda hal etiladi. Korxona o’z tasischisi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida Faoliyat yuritadi. Korxona nizomida korxona nomi, manzili, Faoliyat maqsadi, boshqaruv va nazorat tashkilotlari, ularning vakolatlari, korxona mulki shakllanishi va foyda (daromad)ni taqsimlash tartibi, korxonani qayta tashkil etish yoki faoliyatini to’xtatish shartlari ko’rsatiladi. Nizomda shuningdek, korxona faoliyati bilan bog’liq, qonunga zid bo’lmagan boshqa qoidalar ham ko’rsatilishi mumkin.
Download 37.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling