Xulosa
1. Korxona yuridik shaxs xuquqiga ega bo’lgan, mustaqil xo’jalik yurituvchi subektdir.
2. Korxona faoliyatining xaridor va istemolchilar bilan tuzilgan xo’jalik shartnomalari
tashkil etadi.
3. Korxonaning bosh vazifasi uning ish va xizmatlarida, mahsulotlarida jamoa talabini
qondirishdir.
4. Korxona faoliyati korxona tasischilari tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga
oshiriladi.
5. Korxona, mustaqil ravishda foydalanish xuquqiga ega bo’lgan korxona mulkining asosiy
va aylanma fondini tashkil etadi.
6. Korxona xo’jalik mexanizmi, bu - xo’jalik shakli, uslubi va tamoyillari.
7. Yangi xo’jalik mexanizmining shakllanishi boshqaruvning butun tizimi islohotlarisiz
mumkin emas.
Savollar
1. Bozor iqtisodiyotida korxonaning qanday turlari mavjud?
2. Korxonani davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish qanday amalga oshiriladi?
3. Korxonani yaratish va qayd qilish tartibini gapirib bering.
4. Korxona mulki qanday unsurlardan tashkil topgan?
5. Korxona xo’jalik mexanizmi deganda nimani tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |