K213orxonalarni tasis etish va ro’ixatga olish tartibi
Download 37.09 Kb.
|
Korxona mulki
Korxona mulki, bu - uning asosiy va aylanma fondlari hamda qiymati korxonaning mustaqil balansida aks ettirilgan boshqa boyliklardir. Korxona mulki nizomga muvofiq unga to’liq mulkdorlik va egalik qilish xuquqi bilan tegishli bo’ladi. Tasischilarning pul va moddiy badallari, mahsulot sotish va xizmat ko’satish, shuningdek, xo’jalik faoliyatining boshqa turlari natijalari; bank va boshqa kreditorlar qarzlari; byudjetdan kapital qo’yilma va dotatsiyalar, tashkilot va fuqarolarning beg’araz va homiylik badallari, qonun tomonidan taqiqlanmagan boshqalar korxona mulki manbasi bo’lib xizmat qiladi. Korxona boshqa korxona, tashkilot va muassasalarga o’ziga qarashli bino, inshoot, uskuna, transport vositalari, xomashyo va boshqa moddiy boyliklarni sotish, ijaraga berish, vaqtincha foydalanish yoki butunlay tekinga taqdim etish, qarzga berish qonun va korxona nizomida boshqa holatlar ko’zda tutilmagan bo’lsa o’z balansidan chiqarish huquqiga egadir. Korxonalar tomonidan moddiy boyliklarni fuqarolarga qaytarmaslik sharti bilan berish uchun mulkdor yoki uning vakili bo’lgan tashkilot ruxsatiga ega bo’lish kerak. Erga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish uchun korxona o’rnatilgan tartibda to’lov to’lashi yoki imtiyozli asosda va tekinga foydalanishi mumkin. Korxona qonunchilikka muvofiq holda er, suv, er osti, o’rmon va boshqa tabiiy resurslarni qo’riqlash, tiklash va mutanosib ravishda foydalanish meyorlari va talablariga o’z faoliyatida amal qilish bo’yicha javobgarlikka ega. Korxona ishlab chiqarishni kengaytirish va takomillashtirish mehnat jamoasini ijtimoiy rivojlantirish maqsadida qo’shimcha mablag’larni jalb qilish uchun qimmatli qog’ozlar chiqarish huquqiga ega. Davlat korxona mulkiy huquqlarini himoya qilishni kafolatlaydi. Davlat tomonidan korxona asosiy va aylanma fondlari va boshqa boyliklarini faqat qonunda ko’rsatilgan hollardagina tortib olinishi mumkin. Korxonaning mulkiy huquqiga fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat tashkilotlari tomonidan keltirilgan zarar sud qarori bilan qaytariladi Davlat mulk qo’mitasi va uning rahbarligida tuzilgan joylardagi mulk ko’mitalari korxona mulkini xususiylashtirish bo’yicha qaror qabul qiladi va bu jarayonni tartibga soladi.
Download 37.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling