K213orxonalarni tasis etish va ro’ixatga olish tartibi


Korxona xo’jalik mexanizmi, uni shakllantirish va rivojlantirish


Download 37.09 Kb.
bet3/9
Sana09.01.2022
Hajmi37.09 Kb.
#257563
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Korxona xo’jalik mexanizmi, uni shakllantirish va rivojlantirish 

Korxona xo’jalik mexanizmi - bu xo’jalik yuritishning tamoyil, usul va shakllari ko’lami 

bo’lib, ular yordamida ishlab chiqarish jarayoni va mexnat jamoasini boshqarish, mehnat jamoasini 

boshqarish munosabatlari tizimi bilan ishlab chiqarish asosiy vositalari o’rtasida aloqa va o’zaro 

tasir amalga oshiriladi. Bu murakkab tashkiliy-iqtisodiy tizim bo’lib, rejalashtirish xo’jalik hisobi, 

moddiy-texnika taminoti, boshqaruv tamoyillari va usullari, korxona kadrlari va ularning korxonani 

boshqarishdagi qatnashuvi, fan-texnika taraqqiyoti va mahsulot sifatini oshirish, mehnat faoliyatini 

ijtimoiy rivojlantrish, mehnatni va unga haq to’lashni tashkil etish, kredit va hisob-kitoblar, 

tabiatdan foydalanish va atrof muhitni himoya qilish, hisob, hisobot, nazorat, korxonaning yuqori 

tashkilotlar va mahalliy hokimiyatlar bilan munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalarini qamrab oladi. 

Mehnat jamoasi faoliyatini, uning ishlash usullari va yo’llarini baholash uchun mos meyor va 

ko’rsatkichlar, korxona ishini tartibga solish esa huquqiy hujjatlar, standart, meyorlar vositasida 

amalga oshiriladi. 

Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida korxona xo’jalik mexanizmi barcha bo’g’inlarining 

ishini yaxshilash bo’yichatadbirlar amalga oshirilmoqda: korxona boshqaruvining butun tizimi 

puxtalashtirilmoqda, xo’jalik faoliyati yakuniy natijalarga qaratilmoqda, boshqarishning tashkiliy 

tarkibi, tamoyil va usullari takomillashtirilmoqda; mehnatni tashkil etish va xaq to’lashning ilmiy 

asoslari joriy etilmoqda; koxona faoliyati meyor va ko’rsatkichlari o’zgarmoqda; korxonani 

boshqarishda oshkoralik va demokratizm kengayishi, har bir ishlovchi daromadi uning qo’shgan 

hissasi va korxona faoliyati natijasi bilan aniqlanishi muvaffaqiyatli unumdor faoliyat uchun asos 

yaratilmoqda, qator iqtisodiy va tarbiyaviy masalalar hal etilmoqda. Shu bilan birga korxona 

moddiy texnika bazasini  kuchaytirish uchun sharoit yaratish, ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy 

fondlardan to’liq foydalanish, aylanma fondlar to’liq tiklanishiga erishishi kerak. Buning uchun u 

to’liq xo’jalik hisobi va o’z-o’zini mablag’ bilan taminlash sharoitida, o’z-o’zini boshqarish asosida 

yuqori natijalarga erisha oluvchi barqaror mehnat jamoasini shaklantiradi va kadrlarni tayyorlash va 

qayta tayyorlash haqida g’amxo’rlik qiladi. Korxona o’zi uchun mugaxassislar tayyorlash va qayta 

tayyorlash uchun oliy o’quv yurtlariga o’z vaqgida, belgilangan miqdorda xaq to’laydi. 

Raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida korxonaning fan-texnika taraqqiyoti sohasidagi 

faoliyati ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini oshirish, uni tashkil etishni yaxshilash, 

texnologik jarayonlarni takomillashtirish, yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga yo’naltirilgan 

bo’lishi kerak. 

Korxona faoliyati natijalariga baho berishning muhim ko’rsatkichi mahsulot (ish, xizmat) 

sifatidir. Korxona o’z mahsuloti (ish, xizmat) sifatini yaxshilash maqsadida texnologik intizomga 

standart, texnik sharoitga qatiy rioya qilishi, ishlab chiqariladigan mahsulot xavfsizligi va 

mustahkam bo’lishini taminlashi lozim. 

Korxona ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanishi, asbob-uskunalar ish vaqtini 

ko’paytirishi, uni ilg’or texnika va texnologiya asosida yangilanib borishi va buning natijasida 

mehnat unumdorligi ortishiga erishishi lozim. 

Korxonani texnikaviy jihatdan qayta jihozlash korxonani rivojlantirish, fan, texnika fondi, 

xamda bank kreditlari xisobidan amalga oshiriladi. Moddiy-texnikaviy taminotni belgilash uning 

samarali va barqaror ishlashi moddiy resurslardan samarali foydalanish zaruratidan kelib chiqadi. 

Korxona moddiy resurslarga bo’lgan ehtiyojini aniqlab, ularni ulgurji bozoridan stib oladi. U 

istemolchilar, savdo va moddiy taminot korxonalariga xo’jalik shartnomsiga asosan mahsulot sotadi 

va xizmat ko’rsatadi, yoki o’z savdo shahobchalarida ularni sotishi mumkin. Korxona faoliyatini 

baholovchi muhim meyor buyurtma va shartnomalarni o’z vaqtida bajarishdir. Korxona talabni 

o’rganishi va reklamani amalga oshirishi lozim. 

İshlab chiqarish samaradorligini oshirish, unda ishlovchilar xo’jalik va mehnat faoliyatini 

kuchaytirishning muhim omili bo’lgan faol ijtimoiy siyosat olib borish korxona faoliyatining 

muhim yo’nalishi bo’lmog’i lozim. U, shuningdek, mehnatkashlar, ular oilasi, urush va mehnat 

faxriylarining mehnat va turmush sharoitinini yaxshilash haqida g’amxo’rlik qilishi lozim. Korxona 

jamoasi ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlari uning faoliyati natijalari, sof foyda bilan 

belgilanadi. 

Korxona o’z ijtimoiy faoliyatini mahalliy tuman va shahar xokimiyatlari bilan hamkorliqtsa 

amalga oshiradi.  

 Yangi xo’jalik mexanizmini shakllantirishni butun boshqaruv tizimini isloh qilmay amalga 

oshirib bo’lmaydi. Bu islohot faqat korxonalar iqtisodiy hayoti, boshqaruvning markaziy bo’g’inlari 

tarkibi va vazifalar, iqtisodiy tasir va rag’batlantirishning tashqi ko’rinishini o’zgartiribgina qolmay, 

balki iqtisodiy tizim munosabatlarini yangilashi ham lozim. 


Download 37.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling