Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida


-bob. Apellatsiyani ko‘rib chiqish


Download 1.82 Mb.
bet31/36
Sana26.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1656237
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Vazirlar Mahkamasi 2020 yil 2 Sentyabr 535-son karoriga 1-ILOVA 23-bandiga asosan rad etish

3-bob. Apellatsiyani ko‘rib chiqish
36. Malaka imtihonidan o‘tmagan talabgor imtihon o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda Agentlikka apellatsiya berish huquqiga ega. Apellatsiya yozma yoki elektron aloqa vositalari orqali taqdim etiladi.
37. Agentlik bir ish kuni muddatida apellatsiyani malaka imtihoni komissiyasiga taqdim etadi.
Malaka imtihoni komissiyasi uch ish kunida apellatsiyani ko‘rib chiqadi va Agentlikka qabul qilingan qaror haqida xabar beradi.
Agentlik malaka imtihoni komissiyasining qarori to‘g‘risida talabgorga bir ish kuni muddatida xabar beradi.
38. Malaka imtihoni komissiyasi tomonidan apellatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
apellatsiyani qanoatlantirish va talabgorni malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb hisoblash to‘g‘risida;
malaka imtihoni natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida.
39. Malaka imtihoni natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror apellatsiyada ko‘rsatilgan asoslar o‘z tasdig‘ini topmagan hollarda qabul qilinadi.
40. Agentlikning qaroridan norozi bo‘lgan talabgorlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat qilishlari mumkin.
4-bob. Malaka shahodatnomasini rasmiylashtirish va berish
41. Malaka shahodatnomasi mazkur Reglamentga 3-ilovada keltirilgan shaklda rasmiylashtiriladi va Toshkent shahar va Toshkent viloyatining barcha hududlarida amal qiladi.
42. Malaka shahodatnomasi Agentlik axborot tizimining elektron hujjatlar bazasida shakllantirilib, veb-sayti orqali noyob identifikatsiya raqamini kiritish yoki elektron hujjatda joylashgan QR-kodni skaner qilish yo‘li bilan tekshirish imkoniyati bo‘ladi.
43. Malaka shahodatnomasi Agentlik tomonidan malaka imtihoni komissiyasining bayonnomasi olinganidan boshlab besh kun ichida rasmiylashtiriladi va talabgor ariza va hujjatlarni Agentlikka taqdim etgan usulda elektron ko‘rinishda talabgorga taqdim etiladi.
44. Agar talabgor malaka shahodatnomasini olgan kundan boshlab bir yil mobaynida o‘z faoliyatini amalga oshirmagan bo‘lsa, Agentlik mazkur shahodatnomani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling